Polimerbeton
Polimerbeton, plastobeton — boglovchi moddalari organik polimerlardan iborat sementsiz beton. P. tayyorlashda bogʻlovchi moddalar sifa-tida, asosan, termoreaktiv smolalar (mas, furan, toʻyingan efir, karbamid, epoksid smolalar va boshqalar), baʼzan termoplastik smolalar ishlatiladi. Toʻldirgichlar (dagʻal dispers toʻldirgichlar) sifatida oʻlchami 5 mm gacha boʻlgan kvars qumi, granit, bazalt toshlarining 50 mm gacha maydalangan boʻlakchalari qoʻllanadi. Tayyor mahsulotlarning tannarxini va boglovchi moddalar sarfini kamaytirish, xossalarini yaxshilash maksadida P. tarkibiga oʻlchami 0,15 mm gacha boʻlgan mayda dispers toʻldirgichlar (barit, kvars, andezit va boshqa togʻ jinslari uni), shuningdek, plastifikatorlar, eri-tuvchilar va suyultirgichlar, gʻovak hosil qiluvchi moddalar (poroforlar), sirt faol moddalar, antipirenlar, boʻyagichlar va shahrik. kiritiladi. P. oʻta ogir (3,5-4 t/m3), ogʻir (2,2-2,4 t/m3), yengil (1,6—1,8 t/m3) va oʻta yengil (0,4— 0,5 t/m3) xillarga boʻlinadi. P.ning xossalari bogʻlovchi moddalarning tu-riga, toʻldiruvchi va toʻldirgichlar fraksion tarkibiga, aralashtirish va barcha komponentlarni zichlashtirish-ga, shuningdek, bogʻlovchi moddalarning qotish darajasiga bogʻliq. P. elektroliz vannalari, ishlab chiqarish korxonalari pollari uchun koshinlar, oqova suvlar uchun quvurlar, kimyoviy taʼsirlar va yemirilishga chidamli konstruksion materiallar ishlab chiqarishda qoʻllanadi. P.dan farqli oʻlaroq polimersement tarkibiga asosiy komponentlar sifatida 1:(0,005—0,2) nisbatda anorganik boglovchi material (sement, gips, ohak) va polimer qoʻshimchalar (suvda eruvchan epoksid, poliefir, karbamid smolalar, polivinilatsetat, lateks va boshqalarning suvdagi dispersiyasi), toʻldirgichlar (mas, boʻr, yanchilgan qum, talk) kiradi. Polimersement, asosan, bino va inshootlar devorlarini suvashda qoʻllanadi.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |