Plateya — Janubiy Beotiya (Gretsiya)dagi yunon shahar-davlati. Fivadan jan.rok,da joylashgan. Yunon-fors urushlari davrida P. yakinida yunon qoʻshinlari fors armiyasini tormor keltirgan (miloddan avvalgi 479 yil 26.9). Afina va Sparta rahbarligidagi 24 yunon shahardavlatlari qoʻshiniga spartalik lashkarboshi Pavsaniy, forslar qoʻshiniga Mardoniy qoʻmondonlik qilgan. Ushbu magʻlubiyatdan soʻng forslar Yunonistondan Gel-lespoitga chekinishga majbur boʻlishgan. Miloddan avvalgi 427 yil Peloponnes qoʻshinlari uzoq qamaddan soʻng P.ni vayron qilganlar.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil