Platsenta (lotincha: placenta — kulcha), bola oʻrni — homiladorlik davrida hosil boʻladigan va homila bilan ona organizmini bir-biriga bogʻlab, ular oʻrtasida moddalar almashinuvini taʼminlaydigan organ. Homila Platsenta orqali ona qonidan kislorod hamda oziq moddalar olib, unga parchalanish mahsulotlari va karbonat angidrid ajratadi. Platsenta homilaga har xil moddalar kelishini boshqarib, toʻsiq vazifasini ham oʻtaydi. Platsentada fermentlar va vitaminlar boʻladi; unda ona organizmiga taʼsir etuvchi gormonlar (gonadotropin, estrogen, progesteron) va boshqa moddalar sintezlanadi. Platsenta homiladorlikning 4-oyida toʻliq shakllanadi: normal rivojlangan homila Platsentasi yumaloq, qalin, yumshoq, shakli kulchaga oʻxshaydi. Homila Platsentaga kindik yoki kindik tizimchasi orqali birikadi. Platsentaning ikkita yuza-si: bachadon devoriga qaragan ona yuzasi (bazal plastinka) va ichkariga — amnion (homila qopi) boʻshligʻiga qaragan homila yuzasi boʻladi. Kindik qon tomirlar bilan shu homila yuzasiga bi-rikib turadi. Platsenta funksiyasining buzilishi homiladorlikda turli asoratlar-ga, mas, bolaning chala tugʻilishi, Platsentaning erta ajralishi, homiladorlik toksikozlari va boshqalarga sabab boʻladi (yana qarang Yoʻldosh).

Oʻsimliklar Platsentasi gulli oʻsimliklarda urugʻkurtakli tuguncha ichidagi oʻsimta; qirqqulokdoshlarda sporangiyli boʻrtma. Platsenta orqali kurtak ona oʻsimlik bilan bogʻlanib turadi.[1]

Yana q. tahrir

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil