Plaza Mayor (inglizcha: Town Square) — Ispaniya poytaxti Madridning qoq markazidagi yirik jamoat maydoni. U bir vaqtlar eski Madridning markazi edi[1]. U birinchi marta Filipp III davrida (1580-1619) qurilgan. Undan bir necha blok narida yana bir mashhur plaza, Puerta del Sol joylashgan.

Plaza mayor

Madriddagi Plaza mayor maydoni
Umumiy maʼlumot
Turi Madrid turizmi
Joylashuvi Madrid, Ispaniya
Koordinatalar 40°24′55″N 3°42′27″W / 40.415364°N 3.707398°W / 40.415364; -3.707398
Qurilishi boshlangan 1617-yil
Qurilishi tugagan 1619-yil
Egasi Ispaniya hukumati
Dizayn va konstruksiya
Muhandis Xuan de Errera
Boshqa dizaynerlar Tomas Roman, Xuan de Villanueva
Plaza mayor (Madrid)


Tarixi va arxitekturasi

tahrir
 
1683-yilda Ispaniyadagi sud marosimi

Plaza Mayor tarixi XV asrga borib taqaladi. U yerda dastlab „Plaza del Arrabal“ deb nomlangan va shaharning asosiy bozori sifatida ishlatilgan. 1561-yilda maydon Madrid shahriga koʻchirildi. Qirol Filipp II klassik arxitektor Xuan de Erreraga hududni qayta qurishni topshirdi. Qurilish 1617-yilda Filipp III hukmronligi davrida boshlandi. Xuan Gomes de Mora arxitektura taʼmirlashini davom ettirdi va ikki yildan soʻng 1619-yilda qurib bitkazildi. Plaza mayor oʻz tarixida 3 ta yirik yongʻindan aziyat chekdi. Birinchisi 1631-yilda boʻlgan. Xuan Gomes de Mora bu yongʻindan keyin maydonni rekonstruksiya qilish bilan shugʻullangan. Yongʻinlarning ikkinchisi 1670-yilda sodir boʻlgan. O‘sha vaqtda rekonstruksiya uchun mas’ul meʼmor Tomas Roman edi. Oxirgi yongʻin maydonning uchdan bir qismini yoqib yuborgan va 1790-yilda sodir boʻlgan edi. Bugungi kundagi Plaza Mayor arxitekturasi Xuan de Villanuevaga tegishli. U 1790-yilda sodir boʻlgan katta yongʻindan keyin rekonstruksiya qilish bilan shugʻullangan. Bungacha maydonni oʻrab turgan binolar besh qavatli edi. Xuan de Vilyanueva maydon atrofidagi binolarni uch qavatga tushirdi, burchaklarini yopdi va maydonlarga katta kirishlar yaratdi. Xuan de Villanueva vafotidan keyin qurilish Antonio Lopes Aguado va Kustodio Moreno tomonidan 1854-yilda tugatilgan[2].

Bugungi kunda Plaza Mayor toʻrtburchak shaklida boʻlib, arxitekturaning bir xilligini takrorlaydi. Plazaning oʻlchamlari 129 m x 94 m (423 ft x 308 ft). Plaza tomon qaragan uch qavatli turar-joy binolarida 237 ta balkon mavjud. Plaza Mayorga kirish yoki chiqish uchun oʻnta kirish joylari mavjud, ammo darvozalar soni toʻqqizta[3]. Kirishlar quyidagicha nomlanadi: shimolda 7 de Julio, Arko de Triunfo va Felipe III; Sharqda Sal, Saragosa va Gerona; Janubda Botoneras, Toledo Gʻarbda Kuchilleros, Syudad Rodrigo[4].

Maydon markazida 1848-yilda oʻrnatilgan ot ustidagi Filip III haykali oʻrnatilgan. Plaza Mayor koʻplab tadbirlar uchun sahna vazifasini bajargan. U tarixda qatllar uchun ham mezbonlik qilgan. Bugungi kunda bu yerda har yili katta Rojdestvo bozori joylashadi. Bu yerda korridalar va futbol o‘yinlari ham bo‘lib o‘tdi. Har yakshanba va bayram kunlari ertalab marka yigʻish va tanga yigʻish musobaqalari o‘tkazilib turiladi.

 
Plaza Mayor Casa de la Panadería bilan oʻng tomonda

1880-yilda Casa de la Panaderia fasadi Xoakin Mariya de la Vega tomonidan qayta tiklandi. Casa de la Panadería bu ikki burchakli ikkita minora bilan oʻralgan fasadning bir qismidir. Tarixda u turli maqsadlarda ishlatilgan. Uning nomi asosiy shahar novvoyxonasining nomidan kelib chiqqan[5]. Bu maydon 1921-yilda ferma uyi, keyin esa 1935-yilda Fernando Garsiya de Merkadal tomonidan isloh qilindi. 1960-yillarda plaza yoʻl harakati uchun oʻzini yopib qoʻydi va maydon ostida yer osti toʻxtash joyi barpo etildi. 1992-yilda oʻtkazilgan Plaza Mayordagi ta‘mirlashlarning oxirgisi devor bezaklaridan iborat boʻlib, Karlos Frankoning Casa de la Panaderia ishi boʻlib, u maʼbuda Kibeles kabi mifologik figuralarni qurilishi bilan yakunlandi. Bugungi kunda Plaza Mayor Madridning asosiy sayyohlik joyidir. Ayni paytda u Madrid fuqarolari uchun Ispan madaniyatining bir qismiga aylanib ulgurgan. Arlo de Cuchilleros koʻchasidagi Plaza Mayor yonida dunyodagi eng qadimgi restoran boʻlgan Restaurante Botin joylashgan[6].

Nomlanishi

tahrir
 
Charlz III ning Madridga kirishi munosabati bilan Plaza Mayorining bezaklari. San-Fernando Qirollik Tasviriy sanʼat akademiyasi.

Vaqt oʻtishi bilan maydonning nomi oʻzgargan. U „Plaza del Arrabal“, „Plaza de la Constitución“, „Plaza Real“, „Plaza de la República“ va hozirda „Plaza Mayor“ nomi bilan mashhur. Bu nomlar Ispaniya tarixidagi voqealar, tarix va hukmronlikni aks ettiradi.

„Plaza del Arrabal“ hozirgi „Plaza Mayor“ ning asl nomi edi. „Plaza del Arrabal“ bir paytlar XV asr oxirigacha eng mashhur bozor joyi boʻlgan[7]. 1812-yilgi Konstitutsiyadan soʻng Ispaniyadagi barcha yirik maydonlar „Plaza de la Constitución“ deb oʻzgartirildi. Shuningdek, u 1820-1823, 1833-1835, 1840-1843 va 1876-1922-yillarda ushbu nomga ega boʻlgan. 1814-yilda Borbon qiroli qayta tiklaganidan keyin, u „Plaza Real“ nomi bilan tanilgan. 1873-yilda uning nomi „Plaza de la República“ ga oʻzgartirildi. Ispaniya fuqarolar urushi oxirida maydon hozirgi „Plaza Mayor“ nomini oldi.

Haykal

tahrir

Maydon markazida 1616-yilda Jan Bulon va Pietro Takka tomonidan yaratilgan qirol Filipp III ning bronza haykali o‘rnatilgan. Filip III ning otliq haykali yasalishi 1616-yilga toʻgʻri keladi. Biroq u 1848-yilgacha maydon markaziga oʻrnatilmagan. Haykal oʻsha paytda Florensiya gersogi tomonidan sovgʻa qilingan. Qirolicha Izabel II uni Casa de Campodan Plaza Mayorning markaziy qismiga o‘rnatishni buyurgan[8] .

Galereya

tahrir
 
Plaza mayorning uch tomondan koʻrinishi


Manbalar

tahrir
  1. Escobar, Jesus. The Plaza Mayor and the Shaping of Baroque Madrid. Cambridge, United Kingdom: The Prss Syndicate of The University of Cambridge, 2004 — 1-bet. ISBN 978-0521111539. 
  2. „Plaza Mayor | Monumentos y edificios de Madrid | Madrid“ (es-es). www.guiaturisticamadrid.com. Qaraldi: 2018-yil 17-noyabr.
  3. James „Plaza Mayor Square - Madrid Tourist Attractions“ (en). www.madridtourist.info. Qaraldi: 2018-yil 6-noyabr.
  4. „Plaza Mayor of Madrid - Architecture and History“ (en). www.hostalpersal.com. Qaraldi: 2018-yil 17-noyabr.
  5. „Plaza Mayor of Madrid - Architecture and History“ (en). www.hostalpersal.com. Qaraldi: 2018-yil 17-noyabr.
  6. „Plaza Mayor of Madrid - Architecture and History“ (en). www.hostalpersal.com. Qaraldi: 2018-yil 17-noyabr.
  7. „Plaza Mayor“ (en). Drupal. Qaraldi: 2018-yil 17-noyabr.
  8. „Plaza Mayor of Madrid - Architecture and History“ (en). www.hostalpersal.com. Qaraldi: 2018-yil 17-noyabr.


Havolalar

tahrir