Plimutrok (ing. Plymouth Rock) — goʻsht-tuxum uchun boqiladigan tovuq zoti. 19-asrning 2yarmida AQShdayetishtirilgan. Jahondagi koʻpgina mamla-katlarda, shu jumladan, Oʻzbekistonda ham boqiladi. Oq, chipor, qora va boshqa tusdagi oq leggornlar bilan chatishtirib, oq rangi ustunlik qiladigan P. olingan. Oq P. broylerlar yetishtirishda kornish zoti bilan (otalik shakli) chatishtirishda onalik shakli tarzida foydalaniladi. Tanasi choʻziq, koʻkragi va orqasi keng. Boshi kichikroq, toji yaproqsimon, tumshugʻi va oyoqlari sariq. Tovuklari 2,7—3,2 kg, xoʻrozlari 3,8—4,2 kg. Yiliga 160—180 ta tuxum qiladi. Tuxumi 55—60 g, och mallarang.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil