Plotin (Plotinos) (taxminan 205, Nikopol, Misr — 270, Minturne, Italiya) — yunon faylasufi, neoplatonizm asoschisi. 244/245 yildan Rimda yashagan, falsafadan dare bergan; 10 yil ogʻzaki suh-batlardan soʻng P. oʻz taʼlimotini yozib bora boshladi. Uning 54 asarini shogirdi Porfiriy (taxminan 233 — taxminan 304) tartiblashtirib, 9 tadan boʻlib chiqqan, shuning uchun ular "Enneadalar" ("Toʻqqizliklar") deb ataladi. P. sis-temasida hadsiz yagona ibtido (ezguli-k)dan uning emanatsiyasi jarayonida borliqning qolgan substansiyalari kelib chiqadi. Bular: oʻz-oʻzini mushohada qiluvchi nus va uni tashkil etgan ey-doslar (yagona ibtido bilan "nus" oʻrtasidagi bosqich — "son"); barcha individual jonlarni oʻz ichiga qamragan olamiy jon, jismlar dunyosi (kosmos); materiya (sodir boʻladigan oʻzgarishlarning betayin, sifatdan maxrum asosi). Odam jonining yoʻli jazava paytida sezgilar dunyosidan koʻtarilib, yagona ibtido bilan qoʻshilishdir.[1]

Plotin
Tavalludi 205
Vafoti 270
Fuqaroligi Qadimgi Rim

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil