Plzeň(chex. Plzeň, ingl. Pilsen) - Chexiyadagi shahar, Bero-unka daryosi boʻyida. Aholisi 171 356 kishi (atrofidagi tumanlar bilan 225 000 ga yaqin). Chexiyaning 4-yirik shahri (Praga, Brno va Ostravadan keyin). Mamlakatning yirik transport yoʻllari tuguni va muhim sanoat markazi. Ogir mashinasozlik rivojlangan. AES uchun jihozlar ishlab chiqarish, elektrotexnika, lokomotiv va vagonsozlik, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Badiiy galereya bor. Plzenga 1292 yilda asos solingan. 14— 15-asrlarda yirik hunarmandchilik va savdo shahri boʻlgan. 14—18-asrlarga oid meʼmoriy yodgorliklari saqlangan.[1]

Plzen shahri
Plzen shahri gerbi

Plzen o'zining "Shkoda Holding" avtomobilsozlik sanoati va pivosi (Pilsner Urquell, Gambrinus) bilan tanilgan. Shuningdek, ko'p tarixiy bino va inshootlar mavjud.

TarixiTahrirlash

Tarixiy yodgоrliklаriTahrirlash

  • Shahar markazidagi gotik uslubda 1292-yilga qurilgan Bartolomney cherkovi. Balandligi 102 metr bo'lib, g'arbiy Chexiyadagi eng baland cherkovdir.
  • 1300-yilda barbo etilgan Frantishkan monastiri
  • Jozef Tyl teatri
  • 1893-yilda qurib bitkazilgan Yahudiy Sinagogasi. Kattaligi bo'yicha dunyoda 3-o'rinda (New York va Budapesht sinagogalaridan keyin) turadi.
  • Uzunligi 17,5 km bo'lgan Plzen tarixiy yer osti yo'llari
  • G'arbiy Chexiya muzeyi

Transport tizimiTahrirlash

Shaharda markaziy temir yo'l vokzali bor. Shuningdek, shahar yo'lovchi tashish transport turlaridan avtobus, trolleybus va tramvay mavjud.

Plzenning mashxur shaxslariTahrirlash

HavolalarTahrirlash

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil