Pnevmokokklar (lotincha pneumon -nafas va kokklar, streptococcus pneumoniae) — streptokokklar turkumiga mansub bakteriyalar. Hujayrasi (diametri 0,5—1,25 mkm), odatda, juft, harakatsiz, dumaloq yoki oval shaklda, grammusbat aeroblar. P. tashqi muhit sharoiti taʼsiriga kam chidamli, patogenlik xususiyatiga ega. Pnevmoniya va nafas organlarining boshqa kasalliklarini qoʻzgatadi. [1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil