Poʻkak
(Po‘kakdan yoʻnaltirildi)
Poʻkak, fellema — 1) oʻsimliklarning ikkilamchi qoplovchi oʻlik toʻqimasi; suberin (poʻkak modda) bilan toʻyingan, zich joylashgan poʻstli hujayralar majmui. Poʻkaksimon kambiy (fellogen) hujayralarining tangental boʻlinishidan hosil boʻladi. Po'kak daraxtsimon oʻsimliklar va aksari koʻp yillik oʻtlarning turli organlarida vujudga keladi: ayniqsa, poʻkakli emanning poya va shoxlarida qalin boʻladi. Po'kak suvni ortiqcha bugʻlanishdan, oʻsimlikni bakteriya, zamburugʻ va hasharotlar taʼsiridan saqlaydi. Eman poʻkagi shisha idishlarga tiqin, poyabzal tayyorlash va boshqa sohalarda ishlatiladi; 2) gimenomitsetlar turkumining poʻkaklar oilasiga mansub zam-burugʻlar guruhi (yana qarang Yogʻoch zamburugʻlari).[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |