Baxmal daraxt

O'simlik turi
(Po‘kak daraxtdan yoʻnaltirildi)

Baxmal daraxt, poʻkak daraxt (Phellodendron amurense) — toshbaqa-toldoshlar (rutadoshlar) oilasiga man-sub daraxt. Boʻyi 25 – 30 m, tanasining diametri 70 — 80 sm ga yaqin; asosan Uzoq Sharq, Jan. Saxalin, Yaponiya va Xitoyda usadi. 300 yilgacha yashaydi, poʻstlogʻi kulrang , baxmalsimon buj-maygan, ichida och sariq poʻkak qatlami bor. Shuning uchun poʻkak daraxt ham de-yiladi. Barglari patsimon murakkab, karamaqarshi joylashgan, hidi qoʻlan-sa. Mevasi qora, mayda, hidli. Yogʻochidan faner ishlab chiqarishda, pukagidan sanoatda foydalaniladi. Lub qavatidan och sariq boʻyoq va tanidlar olinadi. Koʻpincha xush-manzara oʻsimlik sifatida ekiladi. Oʻzbekistonda ham oʻstirilmoqda.

Baxmal daraxt
Biologik klassifikatsiya
Olam: Oʻsimlik
Binar nomi
Phellodendron amurense

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil