Pobedit — kobalt (10% cha) va volfram (90% cha) monokarbididan kukun metallurgiyasi usulida qovushtirib oli-nadigan qattiq qotishma. Mustahkam (Rokvell boʻyicha qattiqligi — 85—90; A shkalada), yeyilishga chidamli (0,5— 0,6 mg/mm2) material. P. termini volfram-kobalt guruhidagi boshqa qattiq qotishmalarga ham tatbiq qilinadi. P. mashinasozlikda chidamli va oʻtkir keskichlar, mustahkam asbob-qurollar yasash uchun ishlatiladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil