Markaziy Afrika Respublikasi

Markaziy Afrikadagi davlat
(Poblacht na hAfraice Láirdan yoʻnaltirildi)

Markaziy Afrika Respublikasi (MAP) (Republigue Centrafricaine) — Markaziy Afrikada joylashgan davlat. Maydoni 623 ming km². Aholisi 3,5 mln. kishi (2001). Poytaxti — Bangi shahri Maʼmuriy jihatdan 16 prefekturaga boʻlinadi.

Markaziy Afrika Respublikasi
République Centrafricaine
Ködörösêse tî Bêafrîka
ShiorUnité, Dignité, Travail
(Fransuzcha: Ittifoq, Qadr-qimmat, Mehnat)
Madhiya: La Renaissance
(The Rebirth)
Location of Markaziy Afrika Respublikasi
Poytaxt Bangi
Rasmiy til(lar) Fransuzcha
Sangocha
Hukumat Prezidentlik Respublika
• Prezident
Fransua Bozize
Élie Doté
Mustaqillik (Fransiyadan)
• Sana
13-avgust 1960
Maydon
• Butun
622,984 km2 (43-oʻrin)
• Suv (%)
<1
Aholi
• 2002-yilgi roʻyxat
3,799,897 (126-oʻrin)
• Zichlik 6/km2
YIM (XQT) 2005-yil roʻyxati
• Butun
AQSh$4,479 mil. (163-oʻrin)
• Jon boshiga
AQSh$1,179
Pul birligi CFA Franc (BTC)
Vaqt mintaqasi UTC+1
• Yoz (DST)
UTC+1
Qisqartma CT
Telefon prefiksi 236
Internet domeni .cf

Davlat tuzumi

tahrir

Markaziy Afrika Respublikasi — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1994-yil 28-dekabrda umumxalq referendumida maʼqullangan va 1995-yil 7-yanvardan kuchga kirgan. Davlat boshligʻi — prezident. U umumiy toʻgʻri ovoz berish yoʻli bilan 6 yil muddatga saylanadi va yana bir marta qayta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyat Milliy majlis (bir palatali parlament), ijroiya hokimiyatni prezident bilan hukumat amalga oshiradi. Vazirlar Kengashini boshqaruvchi bosh vazirni prezident tayinlaydi.

Tabiati

tahrir

Mamlakat hududining katta qismini Azande qiri (balandligi 600–900 m) egallagan. Qirda keng vodiylar va balandligi 1300–1400 m li gumbazsimon togʻlar koʻp. Olmos, uran rudasi, lignit, temirli kvarsit konlari bor. Iklimi ekvatorial mussonli iqlim; issiq, yozi seryomgʻir. Eng issyak, oyi (mart)ning oʻrtacha temperaturasi 26—ZG, eng salq-in oyi (shimolida dekabr yoki yanvar, janubida iyul yoki avgust)niki 21—25°. Yillik yogʻin shimolidan jan.ga tomon 1000–1200 mm dan 1600–1800 mm gacha ortib boradi. Mamlakat janubiy chegaralari boʻylab MARning asosiy daryosi — Ubangi (Kongo daryosining oʻng irmogi), shimoliy qismidan Chad koʻliga quyiluvchi Shari daryosi irmoqlari oqib oʻtadi. Daryolar toʻlib oqqan davrda kema qatnaydi.

Oʻsimliklar qoplami, asosan, savanna, ayrim joylari esa yilning quruq faslida bargini toʻkuvchi siyrak daraxtli tropik oʻrmonlardan iborat. Mamlakatning janubiy qismida daryo sohillari boʻylab doim yashil oʻrmonlar, eng chekka janubidagi qizilsariq laterit tuproqlarda sernam ekvatorial oʻrmonlar oʻsadi. Hayvonot dunyosi boy va xilmaxil. Yirik hayvonlardan fil, karkidon, buyvol, kiyik, jirafa, yirtqichlardan arslon, qoplon, qashqir, sirtlon yashaydi. Oʻrmonlarda maymun koʻp. Daryolarda timsoh uchraydi. Har xil qushlar, ilonlar, kalta-kesaklar, hasharotlar, janubida setse pashshasi bor. Andre-Feliks, Bamingi-Bangoran, Sen-Floris milliy boglari barpo etilgan.

Aholisi

tahrir

Aholisining aksari qismini sango tili shevalarida soʻzlashuvchi banda, gbayya, ngbandi, zande xalqlari tashkil etadi. Mamlakat janubida bantu tili oilasiga mansub xalqlar (azande, ngiri, maka va boshqalar) yashaydi. Pigmey kabilalari, shimolida Sudan arablari ham bor. Rasmiy tili — fransuz tili. Aholining aksariyati mahalliy anʼanaviy dinlarga eʼtiqod qiladi, xristianlar, musulmonlar ham bor. Aholining 47% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Bangi, Berberati, Bosan-goa, Bambari.

Tarixi

tahrir

MARning eng qadimgi tarixi yetarlicha oʻrganilmagan. Bir vaqtlar bu yerda pigmeylar yashaganligi haqida rivoyatlar bor, keyinroq boshqa negroid qabilalar ham paydo boʻlgan. 19-asrda hozirgi Markaziy Afrika Respublikasi hududining shimoli-gʻarbiy qismi Bagirma va Vadai davlatlari, 90-yillarda esa Rabbax davlati tarkibiga kirgan. 1900-yilga kelib Fransiyaning Ubangi-ShariChad mustamlakasi tarkibiga, keyinroq boshqa fransuz mustamlakalari bilan Fransiya Ekvatorial Afrikasi tarkibiga kiritilgan. 1914-yilda Ubangi-Shari (hozirgi Markaziy Afrika Respublikasi) Chaddan ajratildi. 1958-yil Ubangi-Shari Fransiya Hamjamiyati tarkibidagi muxtor respublika deb eʼlon qilindi va Markaziy Afrika Respublikasi deb atala boshladi. 1960-yil 13-avgustdan mustaqil davlat. MARda 1966-yil harbiy toʻntarish sodir boʻlib, polkovnik J. Bokassa prezident lavozimini egalladi. 1976-yilda Markaziy Afrika Respublikasi konsti-tutsiyali monarxiyaga aylantirildi va Markaziy Afrika imperiyasi nomini oldi. Bokassa I imperator boʻldi. 1979-yil yana bir toʻntarish natijasida imperator agʻdarib tashlandi, mamlakat yana respublika deb eʼlon kdlindi. 1981-yil MARda navbatdagi harbiy toʻntarish roʻy berdi. Hokimiyat Milliy tiklanish harbiy qoʻmitasi qoʻliga oʻtdi. Kon-stitutsiyaning amal qilishi toʻxtatildi. 1993-yil 22-avgust va 19-sentabrda boʻlib oʻtgan umumiy saylovda Markaziy Afrika xalqi ozodligi uchun harakat parti-yasining rahbari Anj-Feliks Patasse 6 yil muddatga prezident etib saylandi. Yangi konstitutsiya qabul etildi, fuqaro hukumati faoliyat koʻrsata boshladi. Markaziy Afrika Respublikasi 1960-yil sentabrdan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 1-dekabr — Respublika eʼlon qilingan kun (1958).

Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari

tahrir

Markaziy Afrika xalqi ozodligi uchun harakat partiyasi, 1979-yilda tuzilgan; Markaziy Afrika demokratik uyushmasi partiyasi, 1987-yilda tashkil etilgan; Demokratiya va tarak,qiyot uchun ittifoq partiyasi, 1991-yilda asos solingan; Demokratiya va rivojlanish uchun harakat partiyasi, 1993-yilda barpo etilgan; Markaziy Afrika Res-publikasi ozodligi uchun harakat partiyasi. Markaziy Afrika mehnatkashlari kasaba uyushmasi 1981-yilda tuzilgan.

Iqtisodiyoti

tahrir

Markaziy Afrika Respublikasi — iqtisodiy jihatdan zaif agrar mamlakat. Yal pi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligi, oʻrmon xoʻjaligi va baliqchilikning ulushi 41,6%, ishlab chiqaradigan sanoat ulushi 8,8%, kon sanoati ulushi 2,9%ni tashkil etadi. Iqtisodiy faol aholining 85% qishloq xoʻjaligida band. Qishloq xoʻjaligi mahsulotining asosiy qismini mayda dehqon xoʻjaliklari beradi. Asosiy oziq-ovqat ekinlari: maniok, tariq, oq joʻxori, makkajoʻxori, sholi, banan, dukkaklilar. Eksport uchun paxta, kofe, shuningdek yer yongʻoq, kunjut, moyli palma, geveya, tamaki ekiladi. Chor-vachilikda qoramol, qoʻy, echki boqiladi. Daryolardan baliq ovlanadi. Mamlakatning janubi-gʻarbiy qismidagi oʻrmonlarda eksport uchun qimmatbaho yogʻoch tayyorlanadi.

Sanoatida konchilik asosiy oʻrinni oladi: olmos va uran qazib olinadi. Markaziy Afrika Respublikasi sanoati qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlaydigan mayda korxonalar (paxta va kofe tozalash, yogʻmoy, un, sut-pishlok, zavodlari va boshqalar)dan iborat. Toʻqimachilik, koʻn-poyabzal, boʻyoq fabrikalari, gʻishtfayans, kislorod-atsetilen, taxta tilish zavodlari va boshqa korxonalar bor. Yiliga 96 mln. kVtsoatdan koʻproq elektr energiyasi ishlab chiqariladi.

Mamlakatda temir yoʻl yoʻq. Avtomobil yoʻllarining uz. 23,7 mingkm. Xalqaro yuklarning 95% dare orqali tashiladi. Okeanga chiqiladigan suv yoʻllari eng muximidir. Kongo-Ubangi, Kongo-Sanga daryolari havzalari katta ahamiyatga ega. Bangi, Zinga, Salo va Nola portlari, Bangida xalqaro aeroport bor.

Markaziy Afrika Respublikasi chetga olmos, paxta, kofe, yogʻoch chiqaradi. Chetdan mashina va asbob-uskuna, transport vositalari, oziq-ovqat mahsulotlari, doridarmon, yoni-lgʻi keltiradi. Savdo-sotiqdagi asosiy mijozlari: Fransiya, Benilyuks mamlakatlari, Yaponiya, Germaniya, Italiya, Ispaniya. Pul birligi — afrika franki.

Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari

tahrir

1962-yil mamlakatda 6 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan bolalarga majburiy taʼlim joriy qilingan. Davlat maktablari bilan bir qatorda xususiy maktablar ham bor. Barcha maktablarda bolalar fransuz tilida oʻqitiladi. Boshlangʻich maktablarda oʻqish muddati 6 yil 4 yillik umumiy taʼlim kollejlari toʻliqsiz oʻrta, 7 yillik litseylar toʻliq oʻrta maʼlumot beradi. Hunar maktablari, kasb-hunar texnika bilim yurtlari, texnika kollejlari va litseylari ham mavjud.

Bangida universitet (1969-yilda tashkil etilgan) va Oliy normal (pedagogika) maktab, toʻliq oliy maʼlumot bermaydigan bir qancha oliy maktablar bor. Ilmiy muassasalari: Bangida ilmiytexnika tadqiqot byurosi (1948), Demografiya tadqiqot markazi, Paster instituti (1961), Paxta va toʻqimachilik sanoati ilmiy tadqiqot instituti, Markaziy Afrika Agronomiya tadqiqot instituti (1948, Bukokoda). Bangi universiteti, Bukokodagi Agronomiya tadqiqot instituti va Bangidagi ilmiytexnika tadqiqotlari byurosi kutubxonalari mavjud. Bangida mamlakat tarixiy yodgorliklari, cholgʻu asboblari muzeyi, Bartelemi Bogenda muzey, sanʼat va hunarmandchilik milliy markazi bor.

Matbuoti, radioeshittirishi, telekoʻrsatuvi

tahrir

Asosiy gazetalari: "Jurnal ofisel de la Repyublik Santrafri-ken" ("Markaziy Afrika Respublikasining rasmiy gazeta", fransuz tilida chiqadigan hukumat xabarnomasi, 1974-yildan), "Songo" (sango xalqi tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1986-yildan). Markaziy Afrika axborot agentligi hukumat axborot agentligi boʻlib, 1974-yilda tashkil etilgan; Markaziy Afrika radioeshittirish va televideniye xizmati, 1958-yilda tuzilgan, telekoʻrsa-tuvlar 1974-yilda boshlangan.

Adabiyot va San'ati

tahrir

Asosan, folklor shakllari: ishqiy koʻshiqlar, yor-yorlar, ovchi qoʻshiqlari urf boʻlgan. Eng tanikli yozuvchisi Pyer Maxombo Bambote — "Afrika qahramoni sharafiga marsiya" (Patris Lumumbaga bagʻishlangan) va "Ikki to-gʻam qoʻshigʻi" dostonlarining muallifi. Bu yozuvchi bir necha hikoya va bir pardali pyesalar ham yozgan.

Meʼmorligi, tasviriy sanʼati, musiqasi

tahrir

Markaziy Afrika Respublikasi hududida qadimgi masjidlar va arabcha uslubdagi uylar saqlanib qolgan. Odatda, xalqning turar joylari — doirasimon yoki toʻrtburchak shaklida guvaladan va sinchli qilib, tomi juda tik nishabli tarzda qurilgan. 19-asrdan yevropacha imoratlar kurila boshladi. Keyingi vaqtda Bangi, Berberati, Bangasu va boshqa shaharlarda zamonaviy meʼmorlik usullarida koʻp qavatli maʼmuriy binolar va turar joylar qurildi.

Amaliy va tasviriy sanʼat turlaridan yogʻoch oʻymakorligi, toʻquvchilik, kulollik, metall va fil suyagidan uzuk, marjon shodalari, bilaguzuklar yasash rivojlangan. Palma yaproklari, poxol va oʻtdan savat, bordon, qalpoq, sumkalar toʻqiladi. Buyvol va timsoh terisidan xaltacha, kartmon, kitob muqovalari yasaladi. Hunarmandlar maktabi tashkil topgan.

Xalq marosimlari xor boʻlib aytiladigan qoʻshiqlar va niqob kiyib ijro etiladigan ommaviy raqslar bilan oʻtadi. Yakkaxon baxshilar tarixiy dostonlar, masallar, rivoyatlar va ishqiy qoʻshiklarni ijro etishadi. Professional sozandaxonandalar ijodi alohida oʻrin oladi. Ndumu deb ataladigan doʻmbra, makembe deb ataladigan qoʻngʻiroq, ngombi deb ataladigan 2 torli arfa, qaqildoq kabi musiqa asboblari bor. Bangida milliy sanʼat maktabi boʻlib, unda musiqa, raqs, drama asoslari oʻrgatiladi. Milliy muzeyda xalq sanʼati va anʼanalari boʻlimi ishlaydi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil