Pochchoqul Hoji koʻchasi
Pochchoqul Hoji koʻchasi — shaxs nomi bilan ataluvchi koʻcha. Koʻcha Pochchoqul Hoji nomi bilan bogʻliq. Mahalla aholisi turli kasb bilan shugʻullangan. Soʻnggi oʻrta asrlarda koʻchada masjid, maktab va Gahband madrasasi, shuningdek, noma’lum qabr mavjud boʻlgan[1]. Madrasa nomi binoni gahbandlik, ya’ni kumush va tillani aralashmalardan tozalovchi usta qurdirganligidan dalolat beradi. Toponim 1699-yil va 1797-yilda tuzilgan vaqfnomalarda uchraydi[2].
Umumiy maʻlumotlar | |
---|---|
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Buxoro viloyati |
Shahar | Buxoro |
Kim sharafiga nomlangan | Pochchoqul Hoji |
Manbalar
tahrir- ↑ Toʻrayev H.H. Buxoro toponimikasi. Buxoro: Durdona, 2021 — 276-bet. ISBN 978-9943-7455-7-5.
- ↑ Тўраев Ҳ. „Бухоро вилояти топонимлари юзасидан айрим мулоҳаза ва тавсиялар. „Buxoronoma“. — 2020.