Podshoh Iskandar madrasasi — Margʻilon shahrida qurilgan madrasa. Qoʻqon xonligi hududidagi eng qadimgi madrasalardan biri.

Madrasa
Podsho Iskandar madrasasi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Fargʻona viloyati
Shahar Margʻilon
Maktab yoʻnalishi sunniy
Madrasa turi Yirik
Meʼmoriy uslub Markaziy Osiyo meʼmorchiligi
Binokor usta Turdimat
Meʼmor usta Yusufxo‘ja
Binokorlik tashabbuschisi Muhammad Shayx Ali Ashir oʻgʻli
Homiylar Muhammad Shayx Ali Ashir oʻgʻli
Olimxon
Xudoyorxon
Asosiy sana:
1422
Maqomi saqlanib qolmagan
Hujralar soni 31 hujra, darsxona, yozgi va qishki masjid
Qurilish materiali Pishgan g'isht

Podsho Iskandar madrasasi ikki madrasadan, yaʼni Ko‘hna va Yangi madrasalardan iborat[1]. Madrasa 1422-yilda oʻsha davrdagi mamlakat hukmdori Muhammad Shayx Ali Ashir oʻgʻli qurdirgan. Vaqt oʻtish bilan madrasa eskirib shikastlangan, vaqfnomalar ham uqalanib, yoʻq boʻlib ketgan. Qoʻqon xoni Olimxon ruxsati bilan madrasa birinchi taʼsischisi vaqf qilib bergan vaqf mulklari daromadi hisobiga qayta qurilgan va podsho Iskandar Nav deb nomlangan. 1898-yilda podsho Iskandar nav madrasasi faoliyat olib borgan. U Eski Margʻilon shahrining Podsho Iskandar mahallasida joylashgan boʻlib, 31 hujra, darsxona, yozgi va qishki masjiddan iborat boʻlgan. Podsho Iskandar Nav madrasasida mudarrislar Buzrukxoʻja qozi, Domulla Abdulqayum, Mulla Muhammad Qobil, Domulla Rahmatilla Aʼlam ishlagan. 1893-yilda madrasada 80 talaba tahsil olgan.

Podsho Iskandar nav madrasasining yangi vaqfnomasida madrasaga quyidagi qishloqlar va tegishli yerlar kirgan: Oqtepa qishlogʻi, Abu Baraka qishlogʻi, Rabot-A mak degan joy, Oʻqchi degan joy, Quva qishlogʻidagi Chirmov arigʻidan sugʻoriladigan yer, Balchiq koʻl degan joydagi yer, Qoʻqonqishloqdagi uchta yer uchastkasi. Birinchi toʻrtta qishloqdagi yerlarni Podsho Iskandar madrasasini qurdirgan hukmdor vaqf qilib bergan, qolgan 3 tasini esa boshqa mulkdorlar vaqf qilgan[2].

Podshoh Iskandar madrasasining 1870-yilda olib borilgan qurilish ishlariga safelto‘dalik usta Yusufxo‘ja (1818—1898) boshchilik qilgan bo‘lib, bezash ishlari naqqosh usta Turdimat (1858—1908) tomonidan amalga oshirilgan. 1938-yilga kelib madrasa ichida artel faoliyat ko‘rsatgan[3].

Bugungi kunda madrasa ham, u joylashgan Podsho Iskandar ziyoratgohi ham mavjud emas.

Manbalar

tahrir
  1. N.Abdulahatov, O'.Eshonboyev. Marg'ilon mahallalari tarixidan. Andijon nashriyot matbaa MChJ, 2012 — 55-bet. 
  2. Ibrohimjon Alimov. Qo'qon xonligi madrasa va maktablari tarixi. Toshkent "Fan" nashriyoti, 2017-yil — 96-bet. ISBN 978-9943-19-405-2. 
  3. Писарчик А.К. Полевой отчет по изучению народной архитектуры Ферганской долины. Узкомстарис: 1938 — 21-bet.