Poema (musiqa)
Poema (musiqada) — 1) lirik-dramatik yoki lirik-hikoyaviy harak-terga ega hamda emotsional joʻshqinlik bilan sugorilgan erkin shakldagi musiqa asari. Odatda, fortepiano yoki skripka, violonchel kabi torli-kamonli cholgʻular uchun yaratiladi; 2) simfonik poema — muayyan mavzu (yoki syujet)ga asoslangan bir qismli simfonik asar. Simfonik uvertyura asosida F. List ijodida shakl topgan. R. Shtraus, P. Chaykovskiy, A. Skryabin, Ya. Sibelius va boshqa simfonik P.ning mumtoz namunalarini yaratgan. Oʻzbekiston kompozitorlaridan D. Zokirov, M. Ashrafiy, Ikr. Akbarov, S.Yudakov, S. Boboyev, A. Kozlovskiy, M. Tojiyev va boshqa turli mavzularda, muayyan dasturli va erkin shakllarda P.lar ijod qilganlar. 20-asr uzbek musi-kasida P. yoki P. sifat asarlar koʻpligi — milliy badiiy meros, mushohadali musiqiyijodiy tafakkur, qolaversa oʻzigagina xos mentalitet bilan bogʻliq.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |