Pogonoforalar
Pogonoforalar (Pogonophora) — umurtqasiz hayvonlar tipi. Dastlab 1914-yilda topilgan. Shakli ipsimon, uzunligi bir necha sm dan 1,5 m gacha, xitin nay ichida joylashgan. Gavda boʻshligʻi selom, ichagi boʻlmaydi. Asosan, gavda boʻshligʻida uchraydigan ol-tingugurt bakteriyalari sintezlaydigan organik moddalar hisobidan oziqlanadi. Ayirish organlari — selomoduktlar 1 ta segmenti boʻshligʻiga ochiladi. Paypaslagichlari orqali na-fas oladi. Qon aylanish sistemasi yopiq, yuragi qorin tomonda. Nerv sistemasi nerv tugunlari toʻplami — miyadan va qorin terisi epiteliysida joylashgan boʻylama nerv stvolidan iborat. Ayrim jinsli. Tuxumdan 2 ta kiprik belbogʻli va ichakli lichinka chiqadi, keyinchalik ichak soʻrilib ketadi. 2 sinf: frenulyatlar, yaʼni suvliklilar (150 tur) va afrenulyatlar, yaʼni suvsizlilar (2 tur) sinflariga ajratiladi. Dengiz tubida, odatda, 3 dan 10 km gacha chuqurlikda oʻtroq yashaydi. Tuzilishi birlamchi hamda ikkilamchi ogʻizlilarga oʻxshab ketadi.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |