Polab slavyanlari (polab, polabyanlar) — gʻarbiy slavyan kabilalari guruhi. Milodiy 1-ming yillik oxiri — 2-ming yillik boshlarida Gʻarbda Laba (Elba) daryosi va uning irmogʻi Sala (Zaale) daryosidan, Sharqda Odra (Oder) daryosi va Shimolida Boltiq dengizigacha yoyilgan hududda yashashgan. Bodrichlar, motichlar, lujitsa serblari kabila ittifoqlariga birlashgan. Nemis agressiyasiga qarshi kurash olib borishgan, bu agressiya natijasida 12-asrning 2yarmida Polab slavyanlari yerlari bosib olingan; P. s, asosan, qirib tashlangan yoxud nemislashib ketgan. Lujitsaliklar oʻzlariga xos turmush tarzini saqlab qolishgan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil