Polifiliya
Polifiliya (poli... va yun. phylon — avlod, qabila) — muayyan organizmlar guruhining tarixiy jarayonda yaqin qarindosh boʻlmagan bir qancha ajdod guruhlardan kelib chiqishi. P. konvergensiya asosida amalga oshadi va divergensiyaga asoslangan evolyusion prinsip — monofiliyaga qarshi qoʻyiladi. Filogenetik sistematika nuqtai na-zaridan mazkur taksonning polifilitik kelib chiqqanligini aniklash uni monofilitik guruhlarga boʻlishni taqozo etadi. Masalan, ilgari bitta turkumga kiritilgan quyonlar va kemiruvchilarning polifilikligi aniqlangan. Hozirgi bu 2 guruh kemiruvchilar va tovush-qonsimonlar turkumlariga ajratiladi.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |