Polifosfatlar — superfosfat kislota (ortofosfat va polifosfat kislotalar aralashmasi) asosida olinadigan murakkab, konsentrlangan oʻgʻitlar, umumiy formulasi Mep+2 Rp O3p+1. P. tuzilishiga koʻra, chiziqli yoki halqasiz va halqali P.ga, olinishiga koʻra, sunʼiy va tabiiy P.ga bulinadi. Sunʼiy P. (ammoniyli va kaliyli P.) superfosfat kislota asosida olinadi. Sunʼiy P. tarkibida 10 va undan ortiq fosfat kislota qoldigʻi buladi. Ammoniy polifosfat (tarkibida 16— 18% N va 58—61% suvda eruvchan R2O5) va kaliy polifosfat (48% R2O5, 26% K2O, 4% S1) ishlatiladi. Keyingi yillarda Oʻzbekistonning kimyogar olimlari sunʼiy P. asosida murakkab va kompleks ugʻitlarni ishlab chiqarishni yoʻlga quydilar.

Barcha tirik organizmlar tarkibida tabiiy P. mavjud. Adenozintrifosfat kislota ham tabiiy P.ning vakili hisoblanadi. Halqali tabiiy polifosfatlarga inozit fosfat kislotaning Sa—Mg li tuzi — fitin moddasini misol qilib koʻrsatish mumkin. Fitin sanoat mikyosida chigit tarkibidan ajratib olinadi. Tuban usimliklar, zamburugʻlar tarkibida koʻp miqdorda P. uchrashi aniklangan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil