Poligenlar
Poligenlar — miqdoriy (uzluksiz) genotipik oʻzgaruvchanlikning mavjudligiga sababchi boʻlgan, kumulyativ polimeriya tipida taʼsir koʻrsatadigan genlar tipi. P.dan tashqari, oligogenlar (bosh genlar) ham mavjud. Oligo-genlar sifat (uzuq) oʻzgarishlarni taʼmin etadi. Har ikkala genlar guruhi xromosomada joylashgan oʻrinlari bilan bir-biridan farq qiladi. P. xromosomaning geteroxromatin qismida, oli-gogenlar esa uning euxromatin qismida joylashgan-. Genlarning P. va olio-genlarga boʻlinishi shartli va nisbiy xususiyatga ega. Chunki molekulyar dara-jada barcha genlar diskret tuzilmalar va funksiyalarni nazorat qiladi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |