Poligon (yun. polygonos — koʻp burchakli) — 1) harbiyda quruqlik yoki dengizning qurol-aslahalar va harbiy texnikani sinash, qoʻshinlar (flot kuchlari)ning jangovar tayyorgarligiga doyr tadbirlarni va taktika bora-sidagi tadqiqotlarni oʻtkazish uchun maxsus jihozlangan qismi; tajriba uchun va koʻplab ishlab chiqariladigan jangovar qurollarni, qarbiy texnikani sinash hamda qoʻshinlar (flot kuchlari)ni jalb qilgan holda tadbirlar oʻtkazish uchun moʻljallangan ilmiy tadqiqot muassasasi; P. doimiy va muvaqqat (vaqtinchalik) boʻlishi mumkin. Vazi-fasiga koʻra, ilmiy tadqiqot, oʻquvmashq va zavod P.lariga boʻlinadi. Sinaladigan har-biy vositalar boʻyicha yadro, raketa, artilleriya, zenit, tank, oʻq otish, aviatsiya, Torpedo, muhandislik, avtomobil, aloqa va boshqa turdagi P.lar farq, qilinadi; 2) qurilishda — yigʻma qurilish konstruksiyalari (mas, te-mir-beton panellari) tayyorlash uchun maxsus jihozlangan ochiq maydon. P. jihozlari: beton qorish qurilmalari, beton yotqizgichlar, bugʻlash ka-meralari, koʻtarish kranlari, beton quyish qoliplari va boshqa[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil