Poligonometriya
Poligonometriya (yun. polygonos — koʻpburchakli va ...metriya) — Yer sir-tidagi nuqtalarning oʻzaro vaziyatini aniqlash usullaridan biri. Serdaraxt va koʻp binoli joylarda triangulyasiya oʻrniga qoʻllanadi. Geodezik tayanch shoxobchalarini (qarang Geodezik punkt) yasashda qoʻl keladi. Poligonometrik tarmoklar va yurishlarning aniqligi hamda navbatiga qarab, P. triangulyasiya talablariga javob beradigan 4 sinfga boʻlinadi. Geodezik tayanch shoxobchalari yordamida topografik sʼyomkalardagi tayanch punktlari tizimi tuziladi va qurilish loyihalari chiziladi. P.ning tayanch punktlari shu punktlarni birlashtiruvchi toʻgʻri chiziqlar (poligonometrik yurishlar)ni va ular orasidagi gorizontal burchaklarni oʻlchash yoʻli bilan aniqlanadi. Biror joyda 1, 2, 3,... p, p+h nuqtalarini tanlab olib, ular orasidagi masofa S, S2,... Sn lar, burchak r,, R2,...r„ lar oʻlchanadi. Tanlangan nuqtalar koordi-natalari biror nuqtaning maʼlum di-reksion burchagi an asosida hisoblanadi. Amalda poligonometrik yurish maʼlum Ri nuqtadan boshlanadi. Koʻpincha, nazorat nuqtasi sifatida koordi-natalari aniqlangan oxirgi poligonometrik nuqta olinadi. Burchaklar, asosan, teodolit yordamida 1"—10" aniklikda, masofa Sj lar invar yoki poʻlat sim (lenta) bilan oʻlchanadi (yoki bazis usulida ham hisoblab topish mumkin), Uzunlik va burchak oʻlchash ishlarini katta hajmda olib borishni talab etishi, ish tamomlangunga qadar oʻlchash aniqligini nazorat qilib boʻlmasligi P.ning kamchiligi-dir. Lekin bu usulda bir punktdan faqat ikkita yoʻnalishining koʻrinishi yetarli boʻlgani uchun tayanch punktlari zichligini ixtiyoriy ravishda oshirish mumkin. P. usulining bu qulayligi ayniqsa shahar va qishloklarda katta masshtabli sʼyomkalar oʻtkazish ishlarida qoʻl keladi.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |