Polikarbonatlar
Polikarbonatlar - karbonat kislota va digidroksibirikmalarning murakkab poliefirlari. Umumiy formulasi [—ORO—S (O)—]p, bu yerda R — aromatik yoki alifatik qoldiq. Bulardan eng muhim sanoat ahamiyatiga ega boʻlganlari aromatik P. (makrolen, leksan, yupilon, penlayt, sinvet, polikarbonat); 2,2- bis-(4gidroksife-nil) propan (bisfenol A) va bisfenol A bilan uning oʻrinbosarlari 3,3’, 5,5’ — tetrabrom yoki 3,3’, 5,5’ — tet-rametilbisfenol A asosidagi aralash P. Bisfenol A (gomopolikarbonat) asosidagi P. — amorf rangeiz poli-merlar; mol. m. (20—120)103, shaffof. Undan tayyorlanadigan 3 mm qalinlikdagi plastinka 88% yorugʻlikni oʻtkaza-di, dekstruksiyalanish temperaturasi 310—320°. P. fizik-mexanik xossalari mol. m. kattaligiga bogʻliq. Mol. m. 20 mingdan kichik boʻlgan P. moʻrt, mustahkamligi past, mol. m. 25 mingdan yukrri boʻlgan P. esa mexanik mustaxkamligi va elas-tikligi yuqori biologik inert polimerlar. Ulardan tayyorlangan buyumlarni — 100 dan 135° gacha boʻlgan haroratlarda ishlatish mumkin. Sanoatda P. 3 xil usul bilan olinadi: 1) difenilkar-bonatni bisfenol A bilan vakuumda asoslar (mas, natriy metilat) ishtirokida 150—300° da qayta eterifikatsiyalash; 2) bisfenol A ni eritmada piridin ishtirokida 25° da fosgenlash; 3) bisfenol A ni fosgen bilan suvli ishqoriy muhitda va organik erituvchida* mas, metilenxlorid yoki tarkibida xlor boʻlgan erituvchilar ishtirokida fazalararo polikondensatsiyalash.
P. avtomobilsozlikda, elektron va elektrotexnika sanoatida, maishiy va tibbiyot texnikasida, asbobsozlik va samolyotsozlikda, qurilishda konstruksion material sifatida ishlatiladi. P.dan tayyorlangan oynalar qurilishda, issiqxonalarda, koʻp qavatli mustahkam shisha materiallar — trip-lekslar ishlab chiqarishda qoʻllanadi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |