Polikondensatlanish
Polikondensatlanish (yunoncha: polys — koʻp sonli va kondensatsiya) — bi - yoki polifunksional monomer va (yoki) oligomerlar taʼsirida poli-merlar sintez qilish jarayoni. Bunda polimer bilan bir qatorda suv, spirt, ammiak, vodorod galogenid, tegishli tuzlar va shunga oʻxshash quyi molekulali moddalar ajralib chiqadi.
P. reaksiyasi gomopolikondensatlanish va geteropolikondensatlanishga boʻlinadi. Gomopolikondensatlanish da bir moddaning 2 xil funksional guruhi oʻzaro reaksiyaga kirishib, polimer hosil qiladi. Bunday reaksiyaga aminokislotalar, amino-spirtlar va oksikislotalarning polikondensatlanishi misol boʻla oladi (mas, aminokapron kislotadan poli-kaprolaktam hosil boʻlishi). Getero-polikondensatlanish reaksiya-sida funksional guruxlari bir xil boʻlgan bifunksional guruxli 2 modda qatnashadi. Geksametilendiamin va adipin kislotadan poligeksametilen-adipinamid hosil boʻlishi bunday reaksiyaga misol boʻla oladi. Bifunksional birikmalarning polikondensatlanishi natijasida faqat chiziqsimon polimerlar hosil boʻladi. Bunday ja-rayon chiziqsimon polikondensatlanish deyiladi. Reaksiyaga kirishayotgan monomerlarning birida 3 va undan ortiq funksional guruxlar boʻlishi polikondensatlanish reak-siyasini murakkablashtiradi va toʻrsimon hamda fazoviy tuzilishga ega boʻlgan makromolekulalar hosil qiladi. Bujarayon fazoviy polikon-densatlanish deyiladi. P. jarayo-nining tabiat va texnikadagi ahamiya-ti katta. P. va unga oʻxshash reaksiyalar muhim biopolimerlar — oqsillar, nuklein kislotalar, sellyuloza va hokazo biosintezining asosini tashkil etadi.
P. reaksiyalari yuqori molekulali birikmalar (poliamidlar, poliefirlar, polikarbonatlar, fenol-formaldegid, mochevina-formaldegid, melamin-formaldegid smolalar, kremniy organik va maxsus xossali polimerlar) olishda qoʻllanadi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |