Polimeriya
Polimeriya (yun. polymereia — koʻp murakkablik) — genlarning oʻzaro taʼsiri tiplaridan biri. P.da bir belgining rivojlanishi bir xilda taʼsir etuvchi 2 va undan ortik, allel boʻlmagan genlarga bogʻliq. P. 1909-yilda shved olimi [[N.G. Nilson-Ele]] tomo-nidan kashf etilgan. Xoʻjalik nuqtai nazaridan qimmatli boʻlgan belgilar masalan: gʻoʻzaning boʻyi, tola chiqimi, tola uzunligi, koʻsagining ogʻirligi, chigi-tining yogʻliligi va boshqa belgilari Polimeriya tipida irsiylanadi. Shartli ravishda kumulyativ va nokumulyativ Polimeriya ajratiladi. Kumulyativ Polimeriyada belgining fenotipda kuchli yoki kucheiz namoyon boʻlishi genotipda ishtirok etadigan dominant allellarning soniga bogʻliq. Miqdoriy belgilar kumulyativ P. tipida irsiylanadi. Nokumulyativ P.da belgining fenotipik namoyon boʻlishi dominant allellar soniga bogʻliq emas. Dominant belgining namoyon boʻlishi uchun genotipda birgina dominant al-lelning boʻlishi kifoya. Biokimyoviy darajada P. asosida belgining rivojlanishiga taʼsir qiluvchi biosintez reaksiyalari yotadi.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |