POLIVINILATSETAT (movilit, vinilit X, radopas) [—SN2SN— —(OSOSN3)—]„ — shaffof, rangeiz, amorf polimer. Mol. m. 10000 dan bir necha mln. gacha (olinish sharoitiga kura). Yumshash temperaturasi 30—50°, zichligi 1190 kg/m3. Ketonlar, murakkab efirlar, aromatik uglevodorodlar va me-tanolda yaxshi eriydi. Suv, alifatik uglevodorodlar, benzin, mineral, moylar va glikollarda erimaydi. Sanoatda P. vinilatsetatni eritmada, emulsiyada yoki suspenziyada radikal polimerlash usuli bilan olinadi. Yelimlar, taxta, qogʻoz va matoga shimdiriluvchi tarkiblar tayyorlashda, emulsiyali boʻyoklar olishda, betonning sifatini oshirishda qoʻllanadi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil