Polivinilxlorid (PVX, vestolit, xostalit, vinnol, korvik, solvik, sikron, jeon, nippeon, lukovil, xelvik, norvik va boshqalar) — vinilxloridning chiziqli termoplastik polimeri, —[SN2—SNS1—]p. Oq rangli plastik, mol. m. (10—150)103; zichligi 1350–1450 kg/m3. 100° dan yuqorida parchalanib, HCI ajratib chikaradi; choʻzilishga chidamlilik chegarasi 600 kg/sm2; egilishga chidamlilik chegarasi 1200 kg/sm2; qattiqligi 9,6 kg/mm2 issiqqa chidamliligi 70°, fiziologik zararsiz. Dixloretan, siklogeksanon, xlor- va nitrobenzolda eriydi, benzol, atsetonda oz eriydi, suv, spirt va uglevodorodlarda erimaydi; nam, kislota, ishkrr, tuzlar eritmasi, sanoat gazlari, benzin, kerosin, yog va spirtlar taʼsiriga chidamli. Vinil-xlorid SN2=SNS1ning yoruglik, is-siklik va turli initsiatorlar taʼsirida polimerlanishi natijasida hosil boʻladi. Polimerlanish zanjirli mexanizm (qarang Ranjir reaksiyalar) boʻyicha amalga oshiriladi; avtolavkalarda 40—50° va 4,5 at. bosim ostida suv emulsiyali usul asosida oʻtkaziladi.

P.dan 3000 dan koʻproq mahsulot va material ishlab chiqariladi. P.ga 10% plastifikator qoʻshilsa, fizik-mexanik xossalari yuqori, —10° gacha muzlashga chidamli material (viniplast) hosil boʻladi. P. tarkibiga 40% gacha plastifikator qoʻshib, —50% gacha chidamli elastik material (plastikat) olish mumkin. P. elektrotexnika, yengil, oziqovqat, ogʻir mashinasozlik sanoatlarida, kemasozlikda, tibbiyotda, qurilishda qoʻllanadi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil