Sabzavot boʻztikani, poliz boʻztikani (lotincha: Sónchus oleráceus) — murakkabguldoshlar oilasiga mansub bir yillik begona oʻt. Poyasi tik, sust shoxlanadi, boʻyi 30—80 sm. Barglari patsimon kesilgan, yashil. Gullari sariq, savatcha toʻpgulga yigʻilgan. Maysalari erta bahorda unib chiqadi. Aprel-mayda gullaydi, may—iyunda mevalaydi. Urugʻlari juda unuvchan. Unishi uchun eng qulay harorat 15—25°, lekin bundan yuqoriroq haroratda (35° gacha) urugʻi yaxshi unadi. Ildizi oʻq ildiz. Oʻq ildizidan koʻplab yon ildizlar chiqaradi. Oʻrta Osiyoda tarqalgan. Sugʻoriladigan barcha ekinzorlarda (koʻproq bedazorlarda) begona oʻt tariqasida uchraydi.

Sabzavot boʻztikani
Biologik klassifikatsiya
Olam: Oʻsimlik

Kurash choralari: yerni kuzda shudgorlash; makkajoʻxori dalalarida simazin va paxta maydonlarida gerbiiidlardan kotoraya, kotofor yoki prometrin purkaladi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil