Poliz qoʻngʻizi, poliz xon-qizi (Epilachna chrysomelina) — xon-qizi oilasiga mansub zararkunanda. Asosan, poliz ekinlarini zararlaydi. Osiyo, Afrika, Yevropaning janubida tarqalgan. Oʻrta Osiyo, Qozogʻiston va Kavkazda ham uchraydi. Qoʻngʻizi 7–8 mm kattalikda. Tanasining past tomoni yassi, usti qabariq, rangi qizil-qoʻngʻir. Qanoti ustida 6 tadan kora dogʻi bor. Urgʻochi qoʻngʻizi poliz oʻsimligi bargining pastki tomoniga 50 tagacha tuxumini gʻuj qilib qoʻyadi. Tuxumlaridan 3—4 kunda lichinkalar chiqadi. Lichinkasi ri vojlanish davrida 3-marta pust tashlaydi. Lichinka pust tashlaganidan 8—10 kundan soʻng gʻumbakka aylanadi. Gʻumbakning rivojlanishi 1 — 1,5 haftadavom etadi. Qoʻngʻizva lichinkalar barg etini yeb, uning tomirlarinigina qoldiradi. Hosil pishgan davrda mevasini yeb, oʻyib tashlaydi. Poliz qoʻngʻizi oʻzi oziqlanadigan dala yoki uning yaqinidagi xazonlar va oʻsimlik qol-diklari orasida qishlaydi.

Kurash choralari: daladagi oʻsimlik qoldiqlari oʻz vaqtida yigʻish-tirib, chuqur shudgorlash. Poliz qoʻngʻizi soni koʻpayib, hosilga jiddiy zarar yetkazganda karbofos (0,4—1,0 l/ga), fufanon (0,4—1,0 l/ga), siperkil (0,06 l/ga) va boshqa insektitsidlar purkagich apparatlarda purkaladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil