Polsha-turkiya urushlari (17-asr) — Rech Pospolita bilan Usmonli turk imperiyasi oʻrtasida 1620—21, 1672—76, 1683—99 yillar (1683—99 yillardagi Avstriya-Turkiya urushining bir qismi)dagi urushlar; asosan, ukrain yerlariga ega boʻlish uchun olib borilgan. 1698—99 yillardagi Karlovits kongressi qaroriga koʻra, Rech Pospolita 1676-yildan Usmonli turk imperiyasi qoʻlida boʻlgan Oʻng qirgʻoq Ukrainasi va Podoliyani olgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil