Polsha fanlar akademiyasi, Polsha Respublikasi Fanlar akademiyasi — Polshaning oliy ilmiy muassasasi. 1952-yil Varshavada tashkil etilgan. Oʻtmishdoshlari: Bilimlar akademiyasi (1873, Krakov) va Varshava ilmiy jamiyati (1907). Aka-demiyaning 180 dan ortiq haqiqiy, 150 dan ziyod muxbir aʼzosi bor. Tarkibida bir nechta boʻlim, 70 dan ortiq ilmiy muassasa, 100 dan koʻproq ilmiy qoʻmita mavjud.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil