Polvon qori savdo uyi – Savdo uyi XX asrning boshlarida galamachi Polvon qori tomonidan qurilgan. Bino Xivadagi 122 dan ortiq arxeologik yodgorliklar sirasiga kiradi. Savdo uyining tashqi shakli yashash uylarining shakliga oʻxshaydi. Polvon qori savdo uyi XX asrning boshida Muhammad Yaʼqub bazzoz yaʼni gazlama sotuvchi tomonidan aholi yashash uyi shaklida nigirik uslubida qurilgan[1]. Asosan gazlachilik bilan savdo qilingan. Shu bilan birga gazlamachilikka oid matolar masalan Germaniyadan keltirilgan „Zinger“ tikuv dastgohi va shunga oʻxshahsh narsalar ham sotilgan. Undan tashqari Rossiya va Xitoydan keltirilgan chinni buyumlar ham saqlanadi. Hozirgi kunda bino davlat mulki hisoblanib, bu yer hozir ham savdo maskani hisoblanadi. Hozirda kitob doʻkoniga aylantirilgan. Shuningdek Polvor qori minora 1905-yilda minora ham qurdiradi. Minora konus shaklida madrasa bilan tutashgan holda qurilgan. Balandligi 21 metrni tashkil etadi.[2] hozirgi kunda bino qayta tamirdan chiqarilgan va Ichan-Qala davlat muzey qoʻriqxonasi Axborot markazi va kitob doʻkoni joylashgan[3]. Polvon qori savdo uyi Polvon qori koʻchasi 24-uyda joylashgan.

Polvon qori savdo uyi
Umumiy maʼlumot
Maqomi Tarixiy obyekt
Shahar Xiva shahri
Mamlakat O‘zbekiston
Egasi Davlat mulkiga tegishli

Yangiliklar tahrir

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 – 2026 yillarda Xorazm viloyatida joylashgan madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilish, ularga olib boruvchi infratuzilmani tiklash hamda „Ichan-qal’a“ davlat muzey-qoʻriqxonasining filiallarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida qaroriga muvofiq Polvon qori savdo uyi binosadida Oq masjid mennonitlari muzeyini tashkil toʻgʻrida qaror qabul qilindi.[4] Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2014-yil 5-dekabrdagi 335-sonli "Tarixiy, baadiy yoki oʻzga madaniy qimmatligi tufayli garov va ipoteka qoʻllanilishi mumkin boʻlmagan obyektlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qaroriga muvofiq Polvon qori savdo uyi garov va ipoteka qoʻllanilishi mumkin boʻlmagan obyektlar sirasiga kiritildi[5]. Shu bilan birga Vazirlar Mahkamasining "2022-2026-yillarda Xorazm viloyatida joylashgan madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilish, ularga olib boruvchi infratuzilmani tiklash hamda „Ichon qalʼa“ davlat muzey-qoʻriqxonasi filiallarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarori loyihasi eʼlon qilindi. Jumladan,

-Koʻhna Ark majmuasi zarbxona binosida Xorazm xonligi zarbxonasi tarixi muzeyi

-Polvon qori savdo uyi binosida Oq masjid mennonitlari tarixi muzeyi

-Xiva tumani, Ogahiy uyida Ogahiy uy-muzeyi

-Deshon qalʼa"da joylashgan Hazorasp darvozasida Xorazm madaniyati va tarixi muzeyi tashkil qilinadi[6].

Manbalar tahrir

  1. https://www.khivamuseum.uz/uz/polvon-qori-savdo-uyi
  2. https://meros.uz/uzc/object/polvon-qori
  3. https://www.sayyoh.com/diqqatga-sazovor-joylar/xiva-polvon-qori-savdo-uyi/
  4. https://regulation.gov.uz/oz/d/62963
  5. https://old.lex.uz/ru/docs/-2513264?ONDATE=15.05.2017
  6. https://uz.tgstat.com/channel/@kunuzxorazm/7761