Polvontosh — Andijon viloyatining Marxamat tumaniga qarashli aholi punkti.

Polvontosh — Andijon viloyati Marhamat tuman idagi shaharcha (1947-yildan). Adirlar oʻrtasida joylashgan. Viloyat markazidan 30 km, tuman mar-kazidan 17 km. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Asaka (15 km). Aholisi 6,7 ming kishidan ziyod (2003), asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tatar, rus, qirgʻiz, tojik va boshqa millat vakillari ham yashaydi. P. 1940-yilda neft koni ochilishi munosabati bilan konchilar shaharchasi sifa-tida vujudga kelgan. P. atrofidan neft va gaz qazib olinadi. Poyabzal fabrikasi, 2 umumiy taʼlim maktabi, kasb-hunar kolleji, tibbiy sanitariya qismi, Polvontosh sanatoriysi (PO oʻrinli) mavjud. P. — Asaka, P. — Marhamat yoʻnalishida avtobuslar qatnaydi.[1]

Bu shaharchada sovet paytida koʻp turli millatga mansub xalqlar yashagan. Koʻpchiligi oʻzbek, qirim-tatar, rus, koreys, qirgʻiz, tojik millatlari. Adirlardan neft qazib olingan va olinmoqda.

Sovet paytida magazinlar, doʻkonlar Moskva, markazdan taʼminlangan.

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil