Polyaron
Polyaron — inersion qutblanuvchi dielektrik muhitda elektronning barqaror kvant holati, kvazizarra. Bu holatda elektron oʻzining elektr maydoni bilan muhitning lokal (chekli) qutblanishini hosil qiladi. Muhitning lokal qutblanishi qam, oʻz navbatida, elektronga taʼsir etib, uni lokal qutblanish sohasida hara-kat qilishga majbur qiladi. Natijada lokal tebranib turgan elektronning lokal qutblangan muhit bilan oʻzaro "bogʻlangan" holati paydo boʻladi. P.ning spini 1/2 ga teng, yaʼni P. fermion hisoblanib, Fermi — Dirak statistikasiga boʻysunadi. Dielektrik va yarimoʻtkazgichlarning baʼzi xossalari P. yordamida tushun-tiriladi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |