Polzunov Ivan Ivanovich
Polzunov Ivan Ivanovich [1728, Yekaterinburg — 1766, Barnaul] — rus teplotexnigi. Issiqlik dvigateli ixtirochilaridan biri. Rossiyada birinchi bugʻkuch qurilmasini yaratgan. Bi-rinchi rus kon-zavod maktabini tugat-gach, metallugiya zavodlarida ishlagan. M.V. Lomonosov ishlari bilan tanishgan, but nasos qurilmalari tuzilishini oʻrgangan. 1763-yil universal bugʻ dvigateli (quvvati 1,8 o.k. — 1,3 kVt) loyihasini ishlab chiqqan; 1766-yil ikkinchi loyihani tuzib, issiqlikkuch qurilmasini yasagan.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |