Pom Klementieff
Pom Alexandra Klementieff (Fransuzcha talaffuzi: pɔm klemɑ̃tjɛf[1]; 1986-yil 3-mayda tugʻilgan[2]) — fransiyalik aktrisa va model. U Parijdagi Cours Florent drama maktabida tahsil olgan. Amerika kinosidagi debyutidan oldin Oldboy (2013) filmida va undan so'ng The easy way (Oson yo'l) (2008) va Sleepless Night (Uyqusiz tun) (2011) kabi fransuz filmlarida suratga tushgan.
Pom Klementieff | |
---|---|
![]() Klementieff 2019-yilda | |
Tavalludi |
Pom Alexandra Klementieff 3-may 1986-yil |
Fuqaroligi | Fransiya |
Kasbi | Aktrisa |
Bilimi | Cours Florent drama maktabi |
Faoliyat yillari | 2007 — hozirgi kungacha |
Imzo | |
![]() |
Pom Klementieff | |
---|---|
![]() Pom Klementieff 2017-yilda | |
Tavalludi | 3-may 1986 |
Fuqaroligi | Fransiya |
Klementeff Marvel kino olamining Galaktika qo‘riqchilari 2 (2017) filmidagi Mantis roli bilan butun dunyo film ishqibozlariga tanish. Bundan tashqari Marvel doirasidagi Qasoskorlar: Abadiyat jangi (2018), Qasoskorlar: Intiho (2019), Tor: Sevgi va Momaqaldiroq (2022) va Galaktika qo'riqchilari bayrami uchun maxsus (2022) telefilmlarida rol ijro etgan. U, shuningdek, bo'lajak Guardians of the Galaxy Vol. 3 filmidagi rolni qayta ijro etadi (2023).
YoshligiTahrirlash
Pom Klementeff Kanadaning Kvebek shahrida onasi koreys va otasi rus-fransuz Alexis Klementieff oilasida tug'ilgan[3][4]. Fransiya hukumatida konsul bo'lib ishlagan. U Fransiya fuqarosi, lekin Kanada fuqaroligiga ega emas, chunki odatga ko'ra u jus soli diplomatlarning farzandlariga taalluqli bo'lmagan[5][6][7]. Uning bobosi rus rassomi Eugene Klementieff (1901 — 1985) bo'lgan[8]. Uning ota-onasi u uchun "Pom" ismini tanlaydilar, u koreyscha "bahor" (봄) va "yo'lbars" (범) so'zlari talaffuzidan olingan[6]. Uning oilasi otasining ishi tufayli ko'p sayohat qilishiga tog'ri kelgan, shu sabab Klementieff Kanadada bir yil yashagan[9]. Ular Frantsiyaga joylashishdan oldin Yaponiya va Kot-dʼIvuar ham yashashgan.
Klementeffning otasi u besh yoshida saraton kasalligidan vafot etadi, onasi esa shizofreniya bilan og'rigan va bolalariga g'amxo'rlik qila olmagan[6]. Shuning uchun Klementeff amakisi va xolasi qo'lida tarbiyalangan[5]. U "ikkinchi otasi" deb ta'riflagan amakisi 18 yoshda, katta akasi Namu esa yetti yil o'tib, 25 yoshida o'z joniga qasd qilib vafot etgan[6][10]. Klementieff amakisining o'limidan so'ng xolasiga yodam berish uchun qisqa muddatda bakalavr darajasida huquqni o'rganadi, ammo bu yo'lni o'zi uchun jozibador deb topmagan. U shuningdek, Fransiyada ofitsiant va sotuvchi bo‘lib ham ishlagan[6]. 19 yoshida Parijdagi Cours Florent drama maktabida aktyorlik faoliyatini o'rgangan. Ta'lim olganidan bir necha oy o'tib, u maktabning eng yaxshi o'qituvchilari bilan ikki yil davomida bepul darslarini bergan teatr tanlovida g'olib chiqadi[9].
KaryeraTahrirlash
2007 – 2012: Erta martabaTahrirlash
Klementeffning ilk professional aktyorlik ishi Catherine Deneuve o'ynagan bosh qahramonning o'gay qizi haqidagi fransuz mustaqil "Après lui" (2007) filmi bo'lgan[5]. Film sahnalarini suratga olish ishlari uch kun davom etadi. Bir sahnada Klementeff kimnidir zinapoyadan itarib yuborishi kerak bo'lgan, lekin tasodifan o'zi zinadan tushib ketadi va rejissyor Gael Morel bu kadrni oxirgi filmda saqlab qolgan.
Uning birinchi bosh roli Sibir tog‘larida joylashgan bug‘u chorvadorlari qabilasi haqidagi frantsuz filmi "Lup" (2009) filmida boshlangan. Suratga olish paytida Klementeff eng yaqin qishloqdan bir necha soat uzoqlikda joylashgan lagerda qoladi. U yerda yashovchi ko'chmanchilar bilan do'stlashadi, haqiqiy bo'rilar bilan ishlaydi, bug'ularga minish va ko'lda ot bilan suzish jarayonlarini mustaqil amalga oshiradi[9].
2013-yildan hozirgi kungacha: YutuqlariTahrirlash
Klementeff o‘zining Gollivuddagi debyuti Spike Leening Oldboy (2013) filmida, xuddi shu nomdagi Janubiy Koreya filmining remeykida boshlaydi[9][11]. U Sharlto Copley o'ynagan obraz antagonistning qo'riqchisi Haeng-bokni tasvirladi. Filmning muxlisi Klementieff bu qism haqida remeyk prodyuseri Roy Leedan eshitgan va jang san'ati bilan bog'liq rolni o'rgangandan so'ng boks saboqlarini olgan[5][6]. U qahramonning garderobiga o'z kiyimlarining bir qismini qo'shgan[5] va yulduz Josh Brolin bilan ekrandagi jang uchun ikki oy davomida kuniga uch soat mashq qilgan[5][11]. Klementieff koreyscha "baxt" degan ma'noni anglatuvchi Haeng-bok ismini o'zi o'ylab topgan[5][9].
Oldboy suratga olingandan so‘ng Klementieff Los-Anjelesga ko‘chib o‘tadi va Gollivudda ko‘proq kuzatishni boshlaydi[5][9]. U filmdan keyin taekvondoni davom ettirdi va 2014-yilning yozida binafsha kamarga ega boldi[5]. Uning navbatdagi aktyorlik roli Hacker's Game (2015) filmi bo'lib, unda u "Ajdaho tatuirovkali qiz" romanidagi Lizbet Salanderga qiyoslagan xaker rolini o'ynaydi. Klementeff filmda yana o‘zining boks mahoratini ishga soldi va filmning kam byudjeti tufayli u o‘zi pardoz va garderobni tanlashga majbur bo‘ladi[9]. Bu rol uchun sochlarini binafsha rangga bo'yash o'zining g'oyasi bo'lgan. Rejissyorlar avvaliga bunga e'tiroz bildirishgan, keyin esa rozi bo'lishgan[5]. 2017-yilda Klementieff Newness romantik dramasi va Ingrid Goes West komediya-dramasida rol ijro etgan.
Klementieff Marvel kino olamiga Mantis sifatida qo'shilgan va Galaktika qoʻriqchilari 2-qism (2017), Qasoskorlar: Abadiyat jangi (2018) va Qasoskorlar: Intiho (2019)[12] filmlarida butun dunyo bo'ylab tan olingan. 2019-yilda u Netflix ilmiy-fantastik antologiyasi Black Mirror (Qora oyna) seriyasida, Uncut Gems (Kechilmagan toshlar) triller filmida va The Addams Family (Addamslar oilasi) animatsion g‘ayritabiiy komediya filmida ovozli rollarni ijro etgan. 2020- yilda u HBO ilmiy-fantastik seriyasi Westworldda Martel rolini takrorlaydi.
FilmografiyasiTahrirlash
FilmlariTahrirlash
TelevizionTahrirlash
Yil | Sarlavha | Rol | Eslatmalar |
---|---|---|---|
2009-yil | Pigalle, la nuit | Sandra | 8-qism |
2019-yil | Black Mirror | Roxette | Epizod: "Striking Vipers" |
2020-yil | Westworld | Martel | 3-qism |
2022-yil | Galaktika qo'riqchilari bayrami uchun maxsus | Mantis | Televizion maxsus son |
ManbalarTahrirlash
- ↑ „Stan Lee's Alliances : L'éclair du génie - Backstage avec Pom Klementieff“. Audible (10-oktabr 2019-yil). Qaraldi: 4-avgust 2022-yil.
- ↑ „Qui es-tu Pom Klementieff?/Who are you Pom Klementieff?“ (fr). Première (7-iyul 2012-yil). Qaraldi: 1-yanvar 2018-yil. „Miss Klementieff est née au Québec le 3 mai 1986, d'un père russe et d'une mère coréenne./Miss Klementieff was born in Quebec on 3 May 1986 to a Russian father and a Korean mother.“.Additional on 1 January 2018.
- ↑ The Canada Gazette, vol. 119, collected issues 40-43, 1985, p. 6445
- ↑ World Guide to Foreign Services, vol. 1, World Guides Internationale Publikationen, 1986, p. 261
- ↑ 5,0 5,1 5,2 5,3 5,4 5,5 5,6 5,7 5,8 5,9 „Actress Pom Klementieff from Spike Lee's Oldboy“. Filler Magazine (summer 2014). Qaraldi: 2-iyul 2014-yil.Additional on 7 July 2014.
- ↑ 6,0 6,1 6,2 6,3 6,4 6,5 Han, Steve. „Korean French Actress Pom Klementieff Makes US Debut in 'Oldboy' Remake“. KoreAm (noyabr 2013). Qaraldi: 5-iyul 2014-yil. „So I told [filmmaker Spike Lee], my father died when I was 5. My mother, she is schizophrenic, so she couldn’t take care of me and my brother, who died by suicide a few months before the audition [for Lee's remake of Oldboy].“.
- ↑ @PomKlementieff. „I'm French, not Canadian! I was born in Quebec under diplomatic passport. Was never able to get the Canadian passport because of that. Xxx“ (2-may 2017-yil).
- ↑ „Login • Instagram“. 27-oktabr 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 7-dekabr 2022-yil.
- ↑ 9,0 9,1 9,2 9,3 9,4 9,5 9,6 Chang, Mina. „Q&A with Pom Klementieff“. Anthem Magazine (2-iyul 2013-yil). Qaraldi: 5-iyul 2014-yil.
- ↑ Maida, Jerome. „In playing Mantis, Pom Klementieff Keeps Laughing Through The Pain“. The Philadelphia Inquirer (2-may 2017-yil). Qaraldi: 5-aprel 2022-yil.
- ↑ 11,0 11,1 De Ville, Reece. „Interview: Oldboy's ass kicking, earth moving Pom Klementieff“. TheDigitalFix.com (7-aprel 2014-yil). Qaraldi: 5-iyul 2014-yil.
- ↑ Romano. „Avengers: Infinity War adds Mantis from Guardians of the Galaxy 2“. Entertainment Weekly (28-yanvar 2017-yil). 30-yanvar 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 28-yanvar 2017-yil.