Qasoskorlar: Intiho

2019-yilda Marvel Studios tomonidan ishlab chiqarilgan superqahramon film

Qasoskorlar: Intiho (inglizcha: Avengers: Endgame) — 2019-yili katta ekranlarga chiqarilgan, Marvel Comics nashriyoti tomonidan chiqarilgan Qasoskorlar nomli superqahramonlar jamoasiga asoslangan superqahramonlar haqidagi Amerika filmi boʻlib, Marvel Studios tomonidan ishlab chiqarilgan va Walt Disney Studios Motion Pictures tomonidan tarqatilgan. Ushbu film 2012-yilda ishlangan Qasoskorlar, 2015-yilda ishlangan Qasoskorlar: Ultron erasi va 2018-yilda ishlangan Qasoskorlar: Abadiyat jangi filmlarining davomi boʻlib, kartina Marvel Kinematografiya Koinoti (MKK) ning The Infinity Saga da final qismi boʻlgan 22chi badiiy filmi hisoblanadi.[6] Film rejissori Anthony va Joe Russo, ssenariy mualliflari Christopher Markus va Stephen McFeely hamda film yulduzlari Robert Downey Jr., Chris Evans, Mark Ruffalo, Chris Hemsworth, Scarlett Johansson, Jeremy Renner, Don Cheadle, Paul Rudd, Brie Larson, Karen Gillan, Danai Gurira, Bradley Cooper va Josh Brolin. Film voqealariga koʻra, Qasoskorlarning omon qolgan aʼzolari Thanosning Abadiyat Jangi da keltirgan zararini bekor qilish uchun harakat qilishadi.

Qasoskorlar: Intiho
Avengers: Endgame
Qasoskorlar Intiho poster.jpg
Oʻzbekcha chiqishli poster
Rejissor Anthony Russo
Joe Russo
Produser Kevin Feige
Ssenariynavis(lar) Christopher Markus
Stephen McFeely
Rollarda
Bastakor Alan Silvestri
Kinematografiya Trent Opaloch
Muharrir
Ishlab chiqaruvchi
kompaniyalar
Marvel Studios
Distributor Walt Disney Studios
Motion Pictures
Premyera
  • 22-aprel, 2019-yil(2019-04-22)

(Los Angeles konferensiya
markazi
)

  • 26-aprel, 2019-yil(2019-04-26)

(AQSh)

  • 29-aprel, 2019-yil(2019-04-29)

(Oʻzbekiston)

Davomiyligi 181 daqiqa[2]
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh[3]
Til inglizcha
Budjet $356 million[4]
Daromad $2.797 milliard[5]

Film Qasoskorlar: Abadiyat Jangi — 2-qism nomi bilan 2014-yil oktabr oyida eʼlon qilindi. Aka-uka Russolar 2015-yilning aprelida film rejissori boʻlishi maʼlum boʻldi va may oyiga kelib, Markus va MakFeely filmni suratga olishga kirishdilar. 2016-yil iyul oyida Marvel filmning nomini Nomsiz Qasoskorlar ga oʻzgartirdi. Filmning suratga olish jarayonlari 2017-yil avgustda Georgiaʼning Fayette tumanidagi Pinewood Atlanta Studiosʼda boshlandi va 2018-yil yanvarida yakuniga yetdi. Bundan tashqari, Metro va Downtown Atlanta va New Yorkda qoʻshimcha sahnalar suratga olindi. Shuningdek, filmning soʻnggi nomi 2018-yilning dekabrida maʼlum qilingan.

Film premyerasi Los Angelesda 22-aprel 2019-yilda, Amerika Qoʻshma Shtatlarida 26-aprel 2019-yilda va Oʻzbekistonda 29-aprel 2019-yilda boʻlib oʻtdi va ommaga 3D va IMAX formatlarida namoyish qilindi. Film mablagʻi $356 millionni tashkil etib, kartina dunyo boʻylab $2.797 milliarddan ortiq daromad koʻrishga muvaffaq boʻldi va ayni paytda 2019-yilning eng yuqori daromadli filmi, dunyo miqyosida esa ikkinchi eng yuqori daromadli film boʻldi. Birinchi oʻrinda esa Avatar filmi turibdi.

Sujet

Thanos Cheksizlik toshlari orqali koinotdagi barcha hayotning yarmini yoʻq qilganidan yigirma uch kun oʻtib,[N 1] Carol Danvers tomonidan Nebula va Tony Stark Yerga qaytariladi. Ular qolgan QasoskorlarNatasha Romanoff, Bruce Banner, Steve Rogers, Rocket, Thor va James Rhodes bilan birlashadi. Jamoa Nebula yordamida jarohatlangan Thanosni topib, uning harakatlarini bekor qilish rejasini ishlab chiqadi, ammo keyinchalik Cheksizlik toshlari yoʻq boʻlib ketganligini bilishadi. Bu paytda gʻazablangan Thor Thanosʼni oʻldiradi.

Oradan besh yil oʻtgach, Scott Lang kvant olamidan[N 2] chiqadi va Qasoskorlarʼ tarkibidagi Romanoff va Rogers bilan uchrashadi. Lang, ularga kvant olamida boʻlgan vaqtda vaqtni orqaga qaytarish imkoni mumkinligiga guvoh boʻlganligini aytadi. Uch qasoskor Starkdan oʻtmishga sayohat qiluvchi vaqt mashinasi yaratishini soʻraydi va ular Thanosning bugungi harakatlarini bekor qilish mumkinligi aytadi, lekin Stark qizini, Morganni yoʻqotishdan qoʻrqib ularni rad etadi. Oxir-oqibat Stark rafiqasi Peper Potts bilan suhbatlashgan soʻng, parchalanib ketgan Peter Parker uchun qaygʻurishdan charchaydi va kvant sohasidagi sayohatni barqarorlashtirish uchun oʻz xayolini Hulkning tanasi bilan birlashtirgan—Banner bilan ishlaydi. Banner va Rocket Asgardliklarning yangi uyi boʻlgan Norvegiyadagi Yangi Asgardʼdan mast holdagi ogʻir vazn toifasida boʻlgan Thorni topadi; Romanoff esa oilasining tarqalishidan keyin shafqatsiz boʻlib qolgan Clint Bartonni topish uchun Tokyoga boradi.

Banner, Rogers, Lang va Stark vaqt mashinasi yordamida 2012-yil New York shahriga sayohat qilishadi.[N 3] Banner Sanctum Sanctorumga tashrif buyurib, Ancient Oneʼni Vaqt Toshini berishi kelajak uchun muhimligiga ishontiradi. Rogers Tafakkur Toshini muvaffaqiyatli ravishda oʻzlashtirib oladi, ammo Lang va Stark Loki qochib ketganidan keyin Fazo Toshini qoʻlga kirita olishmaydi. Keyin Rogers va Stark, 1970-yildagi Q.A.L.Q.O.N. shtab-kvartirasiga kirib, Fazo Toshining oldingi versiyasini, shuningdek, Hank Pymʼdan Pym Particles shishalarini olib, bugungi kunga qaytib kelishadi. Rocket va Thor 2013-yil Asgardga Jane Fosterdan[N 4] Borliq Toshini olish uchun safar qiladi va Thor oʻzining sobiq bolgʻasi Mjolnirni topadi va uni oladi. 2014-yil Moragda Nebula va Rhodes Peter Quillni hushidan ketkazib, Qudrat Toshini oʻgʻirlashadi.[N 5] Rhodes Qudrat Toshi bilan bugungi kunga qaytib keladi va Nebula oʻzining kibernetik implantlari orqali 2014-yil oʻzini tanqid qilgani sababli qaytib kela olmaydi. Shu sababli, oʻsha paytdagi Thanos kelajakdagi muvaffaqiyatlarini va Qasoskorlarning uni qaytarishga urinishlarini bilib oladi. Thanos Nebulani qamrab oladi va 2014-yildagi Nebulani bugungi kunga yuboradi. Barton va Romanoff oʻsha yili Vormirga sayohat qilishadi va Qalb Toshini Red Skullʼdan berishini soʻrashadi. Red Skull toshga uni yaxshi koʻrgan kishini qurbon qilish evaziga erishish mumkinligini aytadi. Romanoff oʻzini qurbon qilib, Bartonga toshni olishiga imkon yaratadi.

Cheksizlik toshlarini butunlay yigʻib boʻlgandan soʻng Qasoskorlar, Banner orqali Thanosning yoʻq qilganlarini qayta tiklash maqsadidagi toshlarni ushlab turish uchun tayanch hosil qiladi. 2014-yilda esa Nebula Thanosni bugungi kunga koʻchirish uchun vaqt mashinasidan foydalanadi va u Qasoskorlarʼ jamoasiga hujum qilib, olamni toshlardan xalos etishni rejalashtirmoqda. Bugungi kundagi Nebula Thanosga qarshi turish uchun uning singlisi Gamoraʼning 2014-yildagi versiyasini ishontiradi va 2014-yildagi versiyasini oʻldiradi. Qayta tiklangan Stephen Strange, oʻzlarining boshqa sehrgarlari, shu bilan birga Galaktika Qoʻriqchilari, Wakanda, Asgard va Ravagersning qoʻshinlari bilan birga keladi. Ular birgalikda Thanosʼning qoʻshiniga qarshi kurashishadi, lekin Thanos Thor, Rogers va Danversʼni magʻlub qilib, Toshlarni qoʻlga kiritadi. Bu vaqtda, Stark Toshlarni qaytarib olib, Thanos va uning qoʻshinini parchalab tashlaydi, ammo natijada oʻzi ham oʻladi.

Starkʼning dafn marosimidan soʻng, Thor Valkyrieni Yangi Asgardning qirolichasi etib tayinlaydi va oʻzi Galaktika Qoʻriqchilariga qoʻshiladi; Quill esa 2014-yilda Gamora uchun qidiruvni boshlaydi. Rogers Cheksizlik Toshlari va Mjolnirni oʻz vaqtidagi joylariga qaytarib beradi, keyin esa Peggy Carter bilan turmush qurishga va hayotining qolgan qismini u bilan birga yashashga qaror qiladi. Bugungi kunda kelib, keksa Rogers oʻz qalqonini Sam Wilsonga bermoqda.

Rollarda

Musiqa

2016-yil iyun oyida Qasoskorlar filmining bastakori Alan Silvestri, Abadiyat Jangi va Intiholarni bastalash uchun qaytib kelishini maʼlum qildi.[7] Aka-uka Russolar Silvestri bilan 2018-yil noyabr oyi boshlarida ishlashni boshladi[8] va ishni 2019-yil mart oyining oxirlarida yakunladi.[9]

Filmdagi barcha musiqalar Alan Silvestri tomonidan bastalangan.[10]

Qasoskorlar: Intiho (Original Motion Picture Soundtrack) - Raqamli chiqish
NomiDavomiyligi
1.„Totally Fine“4:29
2.„Arrival“1:49
3.„No Trust“3:08
4.„Where Are They?“3:12
5.„Becoming Whole Again“3:48
6.„I Figured It Out“4:30
7.„Perfectly Not Confusing“4:46
8.„You Shouldn't Be Here“3:33
9.„The How Works“3:50
10.„Snap Out of It“2:24
11.„So Many Stairs“1:51
12.„One Shot“2:04
13.„Watch Each Other's Six“3:56
14.„I Can't Risk This“4:48
15.„He Gave It Away“3:42
16.„The Tool of a Thief“2:58
17.„The Measure of a Hero“3:05
18.„Destiny Fulfilled“4:05
19.„In Plain Sight“3:14
20.„How Do I Look?“2:06
21.„Whatever It Takes“2:56
22.„Not Good“1:53
23.„Gotta Get Out“2:38
24.„I Was Made for This“4:37
25.„Tres Amigos“3:37
26.„Tunnel Scape“3:16
27.„Worth It“4:15
28.„Portals“3:17
29.„Get This Thing Started“4:54
30.„The One“2:08
31.„You Did Good“1:57
32.„The Real Hero“5:54
33.„Five Seconds“1:45
34.„Go Ahead“2:57
35.„Main on End“3:11
Jami davomiyligi:116:52

[[Category:]]

Qasoskorlar: Intiho (Original Motion Picture Soundtrack) - Chiqish
NomiDavomiyligi
1.„Totally Fine“4:29
2.„Arrival“1:49
3.„Where Are They?“3:12
4.„Becoming Whole Again“3:48
5.„I Figured It Out“4:30
6.„Perfectly Not Confusing“4:46
7.„You Shouldn't Be Here“3:33
8.„The How Works“3:50
9.„One Shot“2:04
10.„Snap Out of It“2:24
11.„So Many Stairs“1:51
12.„Watch Each Other's Six“3:56
13.„I Can't Risk This“4:48
14.„He Gave It Away“3:42
15.„The Tool of a Thief“2:58
16.„The Measure of a Hero“3:05
17.„In Plain Sight“3:14
18.„Whatever It Takes“2:56
19.„Not Good“1:53
20.„I Was Made For This“4:37
21.„Tres Amigos“3:37
22.„Worth It“4:15
23.„Portals“3:17
24.„The One“2:08
25.„You Did Good“1:57
26.„The Real Hero“5:54
27.„Go Ahead“2:57
28.„Main On End“3:11
Jami davomiyligi:74:14

Chiqish

Qasoskorlar: Intiho filmining premyerasi Los Angeles konferensiya markazida 22-aprel 2019-yilda,[11][12] Xitoy, Avstraliya hamda baʼzi bir Osiyo va Yevropa mamlakatlarida 24-aprel 2019-yilda,[13][14] Birlashgan Qirollikda 25-aprel 2019-yilda,[15] Amerika Qoʻshma Shtatlari va Hindistonda 26-aprel 2019-yilda,[16][17] Oʻzbekiston va Rossiyada 29-aprel 2019-yilda boʻlib oʻtdi[18] va kinoteatrlarda IMAX va 3D formatlarida namoyish qilindi.[19][20] Dastlab, filmni Amerika Qoʻshma Shtatlarida 3-may 2019-yilda,[21][22] Oʻzbekistonda esa 6-may 2019-yilda chiqarish rejalashtirilgan edi. Shuningdek, Ozodlik radiosining xabar berishicha, Rossiya hukumati Rossiyada ishlab chiqarilgan filmlarni ommalashtirish maqsadida, Rossiyada ushbu film premyerasini kechiktirishga buyruq bergan.[23]

Eslatmalar

  1. 2018-yilda ishlangan Qasoskorlar: Abadiyat jangi filmi.
  2. 2018-yilda ishlangan Chumoli-odam va Ari filmining nihoyasidagi voqea.
  3. 2012-yilda ishlangan Qasoskorlar filmi.
  4. 2013-yilda ishlangan Thor: Zulmat dunyosi filmidagi voqealar.
  5. 2014-yilda ishlangan Galaktika Qoʻriqchilari filmidagi voqealar.

Manbalar

  1. 1,0 1,1 Hullfish, Steve „Qasoskorlar bilan Qirqish Sanʼati – Abadiyat Jangi muharriri, Jeffrey Ford, ACE“. Pro Video Coalition (29-aprel, 2018). 22-dekabr, 2018da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 22-dekabr, 2018.
  2. „Avengers: Endgame (2019)“. British Board of Film Classification (12-aprel, 2019). Qaraldi: 12-aprel, 2019.
  3. Newman, Kim „Avengers: Endgame review: the finale these heroes deserve“. British Film Institute (25-aprel, 2019). 28-aprel, 2019da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 28-aprel, 2019.
  4. D'Alessandro, Anthony „ʻAvengers: Endgame’ To Near Rare Breakeven Point With 18.1B Global Opening“. Deadline Hollywood (27-aprel 2019-yil). 27-aprel, 2019da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 27-aprel, 2019.
  5. „Avengers: Endgame (2019)“. Box Office Mojo. IMDb. Qaraldi: 27-aprel, 2019.
  6. „Avengers: Endgame – perfect conclusion to Marvel’s 22-film saga“. South China Morning Post (24-Aprel 2019-yil). Qaraldi: 8-May 2019-yil.
  7. Burlingame, Russ „Avengers Composer Alan Silvestri To Return For Infinity War“. 'ComicBook.com' (6-iyun 2016-yil). 7-iyun 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 6-iyun 2016-yil.
  8. McMillan, Graeme „'Avengers 4' Runtime Is Currently 3 Hours“. The Hollywood Reporter (8-noyabr 2018-yil). 28-noyabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 28-noyabr 2018-yil.
  9. Davis, Brandon Avengers: Endgame Score Officially Complete“. 'ComicBook.com' (23 Mart). 24 Martda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 27 Mart.
  10. „'Avengers: Endgame' Soundtrack Details“. Film Music Reporter. Qaraldi: 27-aprel, 2019.
  11. Ridgely, Charlie „'Avengers: Endgame' Being Called "One of the Biggest Movies of Our Lifetime," Theater Chains Adding Additional Showtimes“. 'ComicBook.com' (15-aprel, 2019). 15-aprel, 2019da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 15-aprel, 2019.
  12. Giardina, Carolyn „'Avengers: Endgame' Premiere: Disney, Dolby Build High-Tech Theater in LA Convention Center“. The Hollywood Reporter (23-aprel, 2019). 23-aprel, 2019da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 23-aprel, 2019.
  13. Tartaglione, Nancy „'Avengers: Endgame' China Release Set On April 24; $800M+ WW Opening In Sight?“. Deadline Hollywood (29 Mart). 30 Martda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 29 Mart.
  14. Merueñas, Mark „Pinoys among those who get to watch 'Avengers: Endgame' two days ahead of rest of the world“. MSN (17 Mart). 3-aprel, 2019da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 3-aprel, 2019.
  15. Knight, Lewis „Avengers Endgame: UK release date, trailer, run time, cast and latest news“. Daily Mirror (17-aprel, 2019). 2 Mayda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 18-aprel, 2019.
  16. Sandwell, Ian „Another Guardians of the Galaxy star confirms they'll be coming back for Avengers 4“. Digital Spy (29-sentabr, 2017). 1-oktabr, 2017da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 30-sentabr, 2017.
  17. Truitt, Brian „It's finally here! Watch the first trailer for Marvel's newly titled 'Avengers: Endgame'“. USA Today (7-dekabr, 2018). 7-dekabr, 2018da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 7-dekabr, 2018.
  18. D'Alessandro, Anthony „'Avengers: Endgame': Is A 26B Global Opening Even Possible? If So, Here’s How It Would Go Down – B.O. Preview“. Deadline Hollywood (22-aprel 2019-yil). 22-aprel 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 22-aprel 2019-yil.
  19. Lieberman, David „Disney Films To Show on Imax Through 2019 With New Distribution Deal“. Deadline Hollywood (22-fevral, 2017). 23-fevral, 2017da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 22-fevral, 2017.
  20. Kroll, Justin „'Star Wars: Episode IX' Release Date Moves to December 2019“. Variety (12-sentabr 2017-yil). 13-sentabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 13-sentabr 2017-yil.
  21. Strom, Marc „Marvel's The Avengers Head into an Infinity War“ (deadlink). Marvel Comics (28-oktabr, 2014). 29-oktabr, 2014da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 28-oktabr, 2014.
  22. Siegel, Lucas „Marvel Announces Black Panther, Captain Marvel, Inhumans, Avengers: Infinity War Films, Cap & Thor 3 Subtitles“. Newsarama (28-oktabr 2014-yil). 28-oktabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 28-oktabr 2014-yil.
  23. {{Yangiliklar manbasi}} andozasidan foydalanishda title= parametri belgilanishi kerak.

Havolalar