Christopher Robert Evans[1] (13-iyun 1981-yilda tugʻilgan) — amerikalik aktyor. U oʻzining „Kapitan Amerika“, „Fantastik toʻrtlik“ kabi filmlardagi rollari bilan mashhur. U oʻz karyerasini 2000-yilda ishlangan „Opposite Sex“ televizion serialida boshlagan. 2013-yildan boshlab u Janubiy Koreyada olingan „Snowpiercer“ filmida suratga tusha boshladi. 2015-yilga kelib film olamida ancha shuhrat qozongan qolgan Evans oʻzining rejissorlik mahoratini „Before We Go“ filmida sinab koʻrdi. 3 million dollarlik xarajat bilan olingan film salkam 400 million dollar foyda keltirdi.

Chris Evans

Evans 2019-yilda
Tugʻilishi
Christopher Robert Evans

13-iyun 1981 (1981-06-13) (39 yosh)
Kasbi Aktyor
Faoliyat yillari 1997—hozirgacha

Hayoti va taʼlimiTahrirlash

Evans AQSHning Boston shahrida tugʻilgan, bolalik yillari esa Sulbury shaharchasida oʻtgan. Otasi Robert Evans tish shifokori, onasi Lisa (Capuano) rsa Concord yoshlar teatrida sahnalashtiruvchi rejissor boʻlgan. Evansning ikki singlisi va bir ukasi bor. Evans katolik oilada katta boʻlgan. Shunday boʻlsada Buddizim falsafasiga qiziqadi.

Evans Lincoln-Sudbury mahalliy oʻrta maktabini tugatgach, New Yorkga koʻchib borib, Lee Strasberg teatr va film institutiga qatnay boshlagan.

Shaxsiy hayotiTahrirlash

Evans 2001-yildan 2006-yilgacha Jessica Biel bilan ishqiy munosabatda boʻladi. 2007-yildan esa Minka Kelly bilan oxirgacha davom etmagan ishqiy munosabatda boʻladi. Kelly bilan 2012-yilning sentabr oyidan yana birga boʻlishadi. Ammo 2013-yilning oktabriga kelib yana ajralishadi. 2016-yil iyunidan 2017-yil boshiga qadar Evans aktrisa Jenny Slate bilan uchrashishdi. Juftlik 2017-yil oxirida yana birlashishdi, ammo 2018-yil mart oyida Evans ular ajralganligini rasman tasdiqlaydi.

FilmografiyaTahrirlash

Yil Nomi Original nomi Rol
2000 f Qarama-qarshi jinslar Opposite Sex Kari Baston
2005 f Fantastik to‘rtlik Fantastic Foure Jonni Shtorm
2011 f Qasoskorlar The Avengers Steve Rogers / Kapitan Amerika
2005 f London London Sid
2007 f Ninza Toshbaqalar TMNT Keysi
2008 f Koʻcha qiroli Street Kings detektiv Pol Diskant
2015 f Qasoskorlar: Ultron erasi Avengers: Age of Ultron Steve Rogers / Kapitan Amerika
2011 f Prokol Puncture Mayk Vays
2011 f Kapitan Amerika: Birinchi qasoskor Captain America: The First Avenger Steve Rogers / Kapitan Amerika
2013 f Muz odam The Iceman Mister Frizi
2017 f Oʻrgimchak-odam: Uyga qaytish Spider-Man: Homecoming Steve Rogers / Kapitan Amerika (kameo)
2017 f Iqtidor Gifted Frenk Adler
2018 f Qasoskorlar: Abadiyat jangi Avengers: Infinity War Steve Rogers / Kapitan Amerika
2019 f Qasoskorlar: Intiho Avengers: Endgame Steve Rogers / Kapitan Amerika

ManbalarTahrirlash

HavolalarTahrirlash