Pomponatssi Pyetro
POMPONATSSI (Pomponatius) Pyetro (1462.16.9, Mantuya — 1525.18.5, Bolonya) — italyan faylasufi. Paduya, Ferrara va Bolonya universitetlarida dare bergan. "Jonning ulmasligi haqida" (1516) asarida "ikki haqiqat" nazariyasidan kelib chiqib, jonning ulmasligini ratsional dalillar bilan isbotlash mumkinligini inkor etgan; P. Aristotel falsafasiga asoslanib, Ibn Rushd va Foma Akvinskiynkig jon haqidagi taʼlimotlarini tanqid qilgan. Ortodoksal tomizm vakillari P.ning bu kitobiga qarshi chiqqanlar. Taqlir va iroda erkinligi masalalarida P. stoitsizm taʼlimotiga yaqin konsepsiyani ilgari surgan. Xudoning mavjudligini inkor etmasada, u tabiat va jamiyat ishlariga aralashmay-di, deb hisoblagan. P. 16— 17-asrlar Gʻar-biy Yevropa hurfiqoliligining rivojlanishiga taʼsir koʻrsatdi.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |