Poni (ing. pony) — Britaniya (shu jumladan, Shedlend, Gebrid, Irlandiya va boshqa orollarda), Islandiya, Korsika, Sitsiliya, Xokkaydo (Yaponiya)da yetishtirilgan pakana otlar. 20 dan ortiq turi mavjud. Boʻyi 40—125 sm. Tusi har xil. Koʻpchilik mamlakatlarda, asosan, hayvonot bogʻlarida saqlanadi, dam olish bogʻlarida yengil aravachalarga, bolalar aravasiga qoʻshilib, egarlanib, sayrchilarga xizmat koʻrsatadi. P.ning miniladigan, aravaga qoʻshiladigan maxsus turlari yetishtiriladi. P. otlar Oʻzbekistonda ham urchitilib koʻpaytiriladi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil