Ponza jangi
Ponza jangi — Italiyaning Ponza oroli yaqinida sodir boʻlgan dengiz jangi hisoblanadi. Jang Dragut boshchiligidagi Fransuz-Usmonli floti bilan Andrea Doria qoʻmondonligi ostidagi Genuya floti oʻrtasida boʻldi. Ushbu jangda Genuyaliklar magʻlub boʻldi. Bu gʻalaba Usmonli flotining keyingi uch yil davomida Sitsiliya va Sardiniya qirgʻoqlariga boʻladigan bosqinlarini osonlashtirgan.
Ponza jangi | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|
Usmonli-Gabsburg urushlari | |||||||
Jang tasviri Usmonli gallareyasida. | |||||||
| |||||||
Raqiblar | |||||||
Genuya Respublikasi | Usmonli imperiyasi, Fransuz qirolligi | ||||||
Qoʻmondonlar | |||||||
Andrea Doria | Dragut Gabriel de Luetz d'Aramon |
Qoʻshinlar
tahrirUsmonli floti 1551 — 1559-yillarda boʻlib oʻtgan Italiya urushida Genrix II Charlz V bilan toʻqnash kelganida, ya'ni Sulaymon I davrida 100 ta kemadan iborat edi[1][2]. Genuya floti Andrea Doria boshchiligidagi 40 ta urush kemasidan iborat boʻlgan[3]. Genuya flotidagi 20 ta urush kemasi shaxsan Doriyaga, oltitasi Antonio Doriyaga va ikkitasi Monakolik Grimaldi xonadoniga tegishli edi.
Jang
tahrirFlotlar oʻrtasidagi jang 1552-yil 5-avgustda Appenin yarimoroli atrofidagi Ponza va Terracina orollari oʻrtasida boʻlib oʻtdi. Usmonlilar askarlari bilan toʻla boʻlgan Genuyaning 7 ta urush kemalarini qoʻlga kiritgan[4].
Natija
tahrirJang Fransuz-Usmonli ittifoqi gʻalabasi bilan yakunlandi. Buning natijasida Usmonlilar Sitsiliya, Sardiniya va Italiya qirgʻoqlariga keyingi uch yil davomida doimiy yurishlar uyushtirishdi[5].
Manbalar
tahrir- ↑ European warfare, 1494-1660 by Jeremy Black p.177
- ↑ The History of England Sharon Turner, p.311
- ↑ Whitehouse, Rosie (2013). Bradt Liguria: The Italian Riviera. Bradt Travel Guides. p. 91. ISBN 9781841624730.
- ↑ The Mediterranean and the Mediterranean world in the age of Philip II by Fernand Braudel p.924 [1]
- ↑ Konstam, Angus (2008). Piracy: The Complete History. Osprey. p. 87. ISBN 9781846032400. Archived from the original on 3 January 2014. Retrieved 17 October 2016.