Poplin
Poplin (ital. papelino — papaga tegishli; dastlab, Avintonda rim papasi qarorgohida olingan, deb taxmin qilinadi) — koʻndalang qavariq yoʻllari bor polotno oʻrilishli (qarang Oʻrilish) gazlama. Koʻndalang qavariq yoʻllar ingichka tanda iplarining yoʻgʻonroq arqoq iplari bilan oʻrilishidan hosil boʻladi. P. asosan paxta tolalaridan yoki kimyoviy tolalardan, baʼzan, tabiiy ipak (tanda) va jun (ar-qoq)dan toʻqiladi. P.ning tanda boʻyicha zichligi (qalinligi) arqoq boʻyicha zichligidan 1,5—2-marta yuqori boʻladi. P. oqartirib, sidirgʻa boʻyalib va gul bosilib ishlab chiqarilishi mumkin. P.dan bluzalar (kamar bogʻlab kiyiladigan keng ust koʻylak), erkaklar koʻylagi va boshqa tikiladi.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |