Popopchilik — mashinada kashta tikish kasbi; popop mashinada yoʻrma (popop) chokida amaliy bezak sanʼati asarlari, badiiy buyumlar (choyshab, soʻzana, palak, yostiq jildi, doʻppi va boshqalar) tayyorlash. 19-asrda Oʻrta Osiyoga, jumladan, Oʻzbekiston hududiga kirib kelgan. Badiiy buyumlar avval yakka tar-tibda, keyinroq artellarga birlashib, hozirda fabrikalarda tayyorlanadi. Satin, duxoba, baxmal va boshqa sidirgʻa matolarga tikiladi. Naqsh-gullar avvaldan tayyorlangan axtalar yordamida bezatiladigan yuzaga tushirib olinadi, soʻngra rang-barang ipaklarda tikiladi. Toshkentdagi "Sharq guli" fabrikasi (hozirgi ak-sionerlik jamiyati) va boshqalarda nozik did bilan nafis, jozibali nakshlar bilan bezatilgan P. buyumlari koʻplab ishlab chiqariladi. Bunday bezatilib yaratilgan badiiy buyumlar qizlarning sepiga kirgan, sovgʻa sifatida xorijga ham chiqariladi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil