Popurri (frans. pop-pourri — har xil narsalar) — biron opera, operetta, balet, kinofilm va boshqalardagi mashhur, ommaviylashgan kuylar yoki xalq qoʻshiqlari, raqs kuylari va hokazodan tuzilgan cholgʻu asar. Odatda, foydalanilgan kuylar deyarli rivojlantirilmaydi, faqat ketmaket ijro etishga moʻljallanadi. "P." termini dastlab 1711-yili (fransuz noshiri K.Ballar nashr etgan pyesalar toʻpla-mida) ishlatilgan. P. 19-asrdan, asosan, puflama sozlar orkestri, estrada ansambli asari sifatida keng rivoj topgan. Uzbek kuylari asosida ilk P.larni F.Leysek ("Osiyocha popurri", 1890; "Oʻzbek qoʻshiklaridan popurri", 1924), keyinchalik Yu. Rajabiy, D. Zokirov va boshqa yaratgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil