Porfir (yun. porphyreos — olov rang) — porfirli strukturam ega effuziv paleotip nordon togʻ jinslarining umumiy nomi. Asosiy massasi koʻpincha kvars, dala shpati, shox aldamchisi yoki togʻ shishasidan iborat boʻladi. P.ning 2 turi maʼlum: ortoklazli P. (ortofir) — traxitning paleotip analogi va kvarsli P. — liparitning analogi. P. Rossiyada (Sibir, Ural), Kavkazda, Oʻzbekistonda esa Hisor, Chat-kol, Nurota va boshqa togʻlarda, qad. vulkan togʻ jinslari qatlamlari orasida uch-raydi. P.ning tarkibi va paydo boʻlish sharoitini oʻrganish u bilan bogʻliq foy-dali qazilma konlarini topishga im-kon beradi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil