Porshenli mashina -ish jismi (gaz, bug yoki suyuklik) energiyasini boshqa turdagi energiyaga aylantirish uchun moʻljallangan qurilma. Porshenli mashinada bu vazifa dvigatelning silin-dri ichida ilgarilamaqaytma harakatlanuvchi porshen yordamida amalga oshiriladi. Porshen xdrakatlanganda ish jismi egallagan hajm boshqa koʻrsatkichlar (bosim, temperatura va boshqalar) bilan birga oʻzgaradi, natijada ish jismining energiyasi kamayadi (dvigatel) yoki ortadi (kompressor, nasos). Koʻpchilik ichki yonuv dvigatellari, bugʻ mashinalari, kompressorlar va nasoslar Porshenli mashinalar hisoblanadi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil