Bosh menuni ochish

Xoʻjayev Porso, Porso Xoʻja Hasan (1867, Buxoro — 1937.25.10, Toshkent) — Buxorodagi jadidchilik harakatining namoyandalaridan biri, davlat va jamoat arbobi. Buxoroda Madrasa tahsilini olgan. 1905 yildan Buxorodagi jadidchilik va Yosh buxoroliklar safida Yangi usul maktablari ochish va jadid gazlari chiqarish, koʻplab qiroatxona va kutubxonalar tashkil etishda faol qatnashgan. 1918 y.martdan Samarkand, Shaxrisabz, Qarshi, Buxoroda amirlik tuzumiga karshi kurashda ishtirok etgan.

Buxoro Xalk Sovet Respublikasi (BXSR) tuzilgach, Xatirchi va Karmana viloyatlari inqilobiy qoʻmitasi raisi (1920—21), BXSR dehqonchilik noziri va nozir oʻrinbosari (1921), Buxoro markaziy kasabalar ittifoqi raisi (1922), BXSR Markaziy Ijroiya Qoʻmitasi raisi (1922 y. avg .—1924 y. noyabr). 1925 yildan Buxoro sh. ijroiya qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, Buxoro okrugida yer islohoti boʻyicha komissiya raisi, 1929 yildan Toshkentda yashagan, BXSRning rahbar arboblari bilan birgalikda millatchilikda ayblanib, 1937 y. 14 okt.da otishga hukm kilingan, 1962 y. 26 noyabr

da oklangan.