Port-harkort
Port-harkort — Nigeriyaning jan. qismidagi shahar. Rivers shtatining maʼmuriy markazi. Axrlisi 362 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). Gvineya qoʻltigʻi sohilidagi port, yuk ortib-tushirish hajmi boʻyicha mamlakatda Lagosdan keyin 2-oʻrinda. Nigeriyaning ichki rayonlariga boruvchi temir yoʻl shu yerdan boshlanadi. Palma moyi, tamaki, un tortish, metallsozlik, sement, bitum korxonalari, neftni qayta ishlash va neft kimyosi zavodlari, neft saqlash omborlari bor. P.-X.ga neft konlardan quvurlar orqali keltiriladi. Port orqali chetga neft, kumir, qalay kon-sentrati, minerallar, palma mahsulotlari chiqariladi.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |