Portlend — AQShning shim.-gʻarbiy qismidagi shahar, Oregon shtati-da. Aholisi 529,1 ming kishi (2000). Uillamett daryosining Kolumbiya daryo-siga quyilish joyida, okeandan 170 km ichkaridagi port (okean kemalari ham kira oladi), chetga oʻrmon mahsulotlari va gʻalla chiqariladi. Transport yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. P. — mamlakatning Tinch okean sohilidagi muhim sanoat va savdomoliya markazlaridan. Rangli va qora metallurgiya rivojlangan. Radioelektronika (EHM, aloqa vositalari va hokazo), priborsozlik sanoati, kemasozlik va kema taʼmirlash, metallsozlik korxonalari mavjud. Sanoat ji-hozlari, yuk mashinalari, temir yoʻl vagonlari ishlab chiqariladi. Yogʻochsozlik, oziq-ovqat, sellyulozaqogʻoz, kimyo, neftni qayta ishlash, poligrafiya sanoati korxonalari ishlab turibdi. Un-t bor. Bogʻ koʻp. Har yili atirgullar koʻrgazmasi oʻtkaziladi. Shaharga 1845-yilda asos solingan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil