Porto-Novo
Portonovo — Benin davlati poytaxti. Mamlakatning siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazi. Iqlimi ekvatorial, oʻrtacha temperatura yanvarda 27,7°, iyulda 25,3°; yillik yogʻin 1590 mm. Aholisi 180 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). Transport yoʻllari tuguni. Gvineya qoʻltigʻi sohilidagi port. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga ishlov beruvchi korxonalar, sement, yogʻmoy va sovun zavodlari mavjud. Hunarmandchilik rivojlangan. Shahar atroflarida palmazorlar, yer yongʻoq plantatsiyalari bor. Baliq ovlanadi. Etnografiya muzeyi ishlab turibdi. P.-N. 17-asrdan maʼlum, oʻsha davrda Ajache deb atalgan. 1893-yildan Fransiya mustamlakasining maʼmuriy markazi. 1960-yil 1 avgustdan mustaqil Benin (1975-yilgacha Dagomeya) poytaxti.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |